Mo‘g‘uliston, Sloveniya va Kolumbiyaning O‘zbekistondagi elchilari tayinlandi
Tashqi ishlar vazirligida elchilardan ishonch yorliqlari qabul qilindi.
Mo‘g‘uliston, Sloveniya va Kolumbiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi Daadanxuu Batbaatar tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Uchrashuvda Mo‘g‘luiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, barcha sohalarda yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi Darya Bavdaj Kuret tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi.
Kolumbiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ektor Isidro Arenas Neyra tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish, ishbilarmonlik, siyosiy, madaniy hamkorlikni hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid

17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

18:20 / 29.01.2025
Kolumbiya AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni o‘z samolyotlarida va kishansiz qaytardi

18:52 / 27.01.2025
Tramp va Kolumbiya prezidenti bir-biriga savdo urushi ochishdi. Ammo keyin bu fikrdan qaytishdi

08:50 / 27.01.2025