O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: Erdem Bileg
Toshkent va Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar Uzbekistan Airports kompaniyasi va Hunnu Air aviakompaniyasi o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilindi.
Qayd qilinishicha, 2025 yil ikkinchi yarmida ikki davlat o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qatnovlar Embraer 190 rusumli samolyotlarda amalga oshiriladi.
Hunnu Air — 2011 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Ulan-Bator shahrida, Chingizxon nomidagi xalqaro aeroportda joylashgan. Aviakompaniya ATR 72-500 va Embraer 190 samolyotlarida ichki va xalqaro qatnovlarni amalga oshiradi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud emas. Biroq, Uzbekistan Airways, MIAT Mongolian Airlines, Air Astana va boshqa aviakompaniyalar Toshkent va Ulan-Batorni boshqa shaharlar orqali bog‘lovchi tranzit reyslarni amalga oshiradi.
2024 yil dekabr oyida Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov va Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi Daadanxuu Batbaatar tomonidan ham muhokama qilingan edi.
Mavzuga oid

08:50 / 21.02.2025
Wizz Air O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etishi mumkin

13:22 / 16.01.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi

20:37 / 11.01.2025
Mo‘g‘ulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi

18:46 / 10.01.2025