Mo‘g‘ulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi

Jahon 20:40 2414

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batordagi markaziy maydonda norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar Oyuun-Erdene Luvsannamsrayn hukumatining iste’fosini talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, namoyishlar «Ozodlik alyansi» partiyasi tomonidan «Hukumat iste’foga chiqsin» «Oyuun-Erdenega iste’fo» shiorlari ostida o‘tmoqda. Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 holatiga ko‘ra, maydonda 3 mingga yaqin odam to‘plangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smogga qarshi kurashish va soliqlarni kamaytirishni talab qilayotgan namoyishchilar Ulan-Batordagi asosiy ko‘chani to‘sib, 15 ta yo‘nalishdagi avtobuslar harakatini to‘xtatib qo‘ygan.

«Oyuun-Erdene hukumati smog, tirbandliklar, qashshoqlik, korrupsiya, soliq va ishsizlik kabi muammolarni yechishga qodir emasligini ko‘rsatdi. Shuning uchun iste’foga chiqish maqsadga muvofiqdir», — deydi partiya vakillari. Ta’kidlanishicha, asosiy talablar bajarilmagunga qadar namoyishlar davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: