Yevropa Ittifoqi aviakompaniyalarga Rossiyaning beshta shahri ustidan parvoz qilmaslikni tavsiya etdi
Tavsiya xavfsizlik ruxsatnomasini olgan xorijiy aviatashuvchilarga (uchinchi davlatlarga) ham tegishli.

Foto: AFP
Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) Rossiya havo hududiga oid yangi byulletenni chiqardi. Unda aviatashuvchilarga Rossiya havo hududida sharqiy uzunlikdagi 60-meridiandan g‘arbda parvozlarni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi. Gap Moskva, Rostov-na-Donu, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Samara shaharlari haqida ketmoqda.
«Ushbu tavsiya EASA tashkilotidan xavfsizlik ruxsatnomasini olgan xorijiy aviatashuvchilarga (uchinchi davlatlarga) ham tegishli», deyiladi materialda.
Tavsiya 2025 yil 31 iyulgacha amal qiladi, ammo yangilangan xavfsizlik va tahdidlarni baholash asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Agentlikning eslatishicha, hozir Yevropa Ittifoqining birorta aviakompaniyasi Rossiya havo hududi orqali parvozlarni amalga oshirmaydi. Biroq, uchinchi davlatlarning bir qator tashuvchilari xavf-xatarlarga qaramay, undan foydalanishda davom etmoqda.
Avvalroq, Ozarboyjonning AZAL aviakompaniyasi Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatgan edi. Bu qaror aviakompaniya samolyotining Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinidagi halokati bilan bog‘liq bo‘ldi.
Shundan so‘ng, FlyDubai (BAA), Turkmenistan Airlines, El Al (Isroil), Qazaq Air (Qozog‘iston), Qanot Sharq (O‘zbekiston) aviakompaniyalari ham ma’lum muddatga Rossiyaga parvozlarni to‘xtatdi.
Mavzuga oid

21:19 / 08.03.2025
Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi

15:06 / 08.03.2025
Rossiyada milliarderlarning boyligi Tramp kelishi bilan ortdi

14:31 / 08.03.2025
Germaniyada rossiyalik erkak ukrainlarni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

14:09 / 08.03.2025