Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi
U Birobijon shahrida ehtiyotsizligi oqibatida daraxtdan yiqilgan va bo‘yin umurtqa qismi singan.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston diplomatlari sa’y-harakatlari bilan Vladivostok shahrida og‘ir tan jarohati olgan vatandosh O‘zbekistonga qaytdi, deb xabar berdi «Dunyo».
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand viloyatidan bo‘lgan yurtdosh ariza bilan murojaat qilib, o‘g‘li S.G. baxtsiz hodisa oqibatida jiddiy jarohat olib, Vladivostok shahri shifoxonasida yotganini va dori-darmon uchun yetarli mablag‘ qolmaganini bildirgan hamda O‘zbekistonga qaytish uchun amaliy yordam so‘ragan.
Ma’lum bo‘lishicha S.G. 2023 yilda Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan. Ammo, o‘tgan yili oktabr oyida Birobijon shahrida ehtiyotsizligi oqibatida daraxtdan yiqilgan va bo‘yin umurtqa qismi singan. U operatsiya qilinib, statsionar davolanishga yotqizilgan.
Ammo shifokorlar bemorda qayta operatsiya o‘tkazish kerakligini bildirgan. Biroq, unda operatsiya uchun yetarli mablag‘ yo‘qligi uchun davolanishni O‘zbekistonda davom ettirishga qaror qilgan.
5 mart kuni bemorga O‘zbekistonga qaytib ketishi uchun «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Vladivostok-Toshkent yo‘nalishidagi samolyotiga chipta sotib olib berilgan.
Mavzuga oid

21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi

21:05 / 07.05.2025
Rossiya Ukraina muzokaralarida juda ko‘p narsani talab qilmoqda – Vens

18:17 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

14:51 / 07.05.2025