Londonda uch bolgar Rossiya foydasiga josuslikda aybdor deb topildi
Buyuk Britaniyada yashovchi Bolgariyaning uch fuqarosi Rossiya nomidan Yevropadagi josuslik operatsiyasida ishtirok etganlikda aybdor deb topildi. Yana uch bolgar ham o‘z aybini tan oldi.

Buyuk Britaniyada yashovchi uch bolgariyalik Rossiya nomidan butun Yevropa bo‘ylab josuslik amaliyotida ishtirok etganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda 7 mart, juma kuni London politsiyasi xabar berdi.
Londondagi Old Beylida uch oy davom etgan sud jarayoni yakunlariga ko‘ra, ikki ayol va bir erkak «Rossiya uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita foydali ma’lumot olish maqsadida» til biriktirganlikda aybdor deb topildi», deyiladi sudda. Gap Katrin Ivanova, Vanya Gaberova va Tixomir Ivanchev haqida ketmoqda. Ularni 14 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
Yana uch kishi — Orlin Rusev, Bizer Jambazov va Ivan Stoyanov sud boshlanishidan oldin Davlat sirlari to‘g‘risidagi qonunni buzganlik aybini tan oldi.
«Hukmlar Rossiya davlati nomidan Buyuk Britaniya va Yevropada kuzatuv operatsiyalarini amalga oshirgan guruhga nisbatan o‘ta murakkab tekshiruvdan so‘ng chiqarildi», dedi politsiyaning terrorizmga qarshi kurash qo‘mondonligi rahbari Dominik Merfi.
Marsalekning josuslik tarmog‘i
Tergovchilarga ko‘ra, josuslik tarmog‘ini Wirecard sobiq menejeri Yan Marsalek boshqargan, u xalqaro qidiruvga berilgan va go‘yoki besh yil avval ko‘p milliard dollarlik firibgarlikdan so‘ng Rossiyaga qochib ketgan.
Terrorizmga qarshi kurash qo‘mondonligi detektivlari 2023 yil 8 fevralda o‘tkazilgan muvofiqlashtirilgan qator reydlar va hibsga olishlar natijasida 200 000 dan ortiq xabarlarni o‘rganib chiqdi va yuzlab buyumlarni musodara qildi.
Tergovga ma’lum bo‘lishicha, guruh, xususan, Ukraina askarlari mashg‘ulotlardan o‘tishi mumkin bo‘lgan Germaniyadagi Amerika harbiy obektini kuzatgan.
Aytilishicha, josuslik faoliyati London, Shtutgart, Vena, Valensiya va Chernogoriyada sodir etilgan. Buning uchun ayblanuvchi katta miqdorda pul olgan, dedi prokuror sud majlisida.
Mavzuga oid

21:19 / 08.03.2025
Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi

15:06 / 08.03.2025
Rossiyada milliarderlarning boyligi Tramp kelishi bilan ortdi

14:31 / 08.03.2025
Germaniyada rossiyalik erkak ukrainlarni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

12:42 / 08.03.2025