Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni o‘z samolyotlarida va kishansiz qaytardi
Prezident Gustavo Petro migrantlarni qutladi va ular kishansiz keltirilgani, bu bilan ularga munosib muomala qilinganini ta’kidladi.

Foto: Twitter/Gustavo Petro
AQSh hududidan deportatsiya qilingan kolumbiyalik noqonuniy migrantlar o‘z vataniga qaytdi. Kolumbiya ularni olib kelish uchun ikkita harbiy transport samolyotidan foydalandi, deb xabar berdi BBC.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro migrantlarni qutladi va ular kishansiz keltirilgani, bu bilan ularga munosib muomala qilinganini ta’kidladi. «Ular o‘z vatanida, ularni bu yerda sevadilar», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
26 yanvar kuni Amerikaning ikkita harbiy transport samolyoti Kaliforniyadan Kolumbiyaga noqonuniy migrantlarni olib kelishi kerak edi. AQSh kolumbiyaliklarni muntazam ravishda deportatsiya qiladi, masalan, 2024 yilda Bayden ma’muriyati davrida 124 ta samolyot noqonuniy migrantlarni Kolumbiyaga yetkazgan.
Ammo, bu safar Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro samolyotlarni ortga qaytardi. U o‘z mamlakati fuqarolariga jinoyatchidek munosabatda bo‘lish noto‘g‘ri ekanini va «kolumbiyalik migrantlar jinoyatchi emasligini, qo‘li kishanlangan holda qaytarilishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini» aytdi. Petro migrantlar parvoz paytida qo‘l-oyog‘i kishanlangani tasvirlangan videoni ko‘rsatdi.
Bunga javoban AQSh prezidenti Donald Tramp Kolumbiyaning barcha tovarlariga 25 foizlik boj, bundan tashqari, Kolumbiya hukumati a’zolariga viza cheklovlari joriy qilinishini aytdi. Gustavo Petro ham qarab turmadi va Kolumbiya xuddi shunday javob qaytarishini, Amerika tovarlariga boj tariflarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi.
Biroq, 26 yanvar kuni kechki payt Oq uy Kolumbiya barcha talablarga rozi bo‘lganini e’lon qildi va Kolumbiya tashqi ishlar vaziri Luis Gilberto Murilo mamlakatlar «boshi berk ko‘chadan» chiqish yo‘lini topganini aytdi.
AQSh ham, Kolumbiya ham vaziyatni hal qilishga yordam bergan murosa tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Zelandiya Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 20:17
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
-
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
Jahon | 19:21
-
Eron va Iroq xavfsizlik borasida kelishuv imzoladi
Jahon | 18:57
Mavzuga oid

18:53
Tramp aqliy imkoniyat testini “a’lo”ga topshirganini aytdi

16:35
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida

11:51
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem

11:22