Mast holda rulga o‘tirganlar, «zakladchik»lar va imtihondan o‘tolmayotgan haydovchi – tungi reydda kimlar ushlandi?
Kun.uz muxbiri Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari bilan tungi reydga chiqdi.

15 apreldan 15 mayga qadar poytaxtda «Xavfsiz va sog‘lom yurt oyligi» doirasida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tungi vaqtlarda kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda. Kun.uz muxbiri navbatdagi tungi reyd tadbirlarida ishtirok etdi.
Reyd davomida mast holatda atrofdagilar tinchligini buzgan yoshlarga ogohlantirish berilgan, qoidabuzarlik sodir etgan hamda haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqargan haydovchilarga chora ko‘rilgan.
21 yoshli haydovchi guvohnomasi yo‘qligini uch marta imtihonga kirgani, ammo savollar qiyinligi tufayli o‘ta olmagani bilan tushuntirgan.
Shuningdek, ikki holatda mashina rulida mast holatda bo‘lgan haydovchilar qo‘lga tushgan. Xususan, mast holda avtomobil boshqargan bankir tibbiy ko‘rikdan bosh tortganiga qaramay, belgilangan qonuniy jazo chorasidan qutulib qola olmagan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida esa tungi vaqtlarda ko‘zdan pana joylarga noma’lum o‘tkir hidli moddalarni yashirish yo‘li orqali tarqatib yurgan ikki gumondor shaxs hududiy profilaktika inspektori tomonidan qo‘lga olindi. Xolislar ishtirokidagi tekshiruvlarda ular o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, ushlangunga qadar, yashirib chiqqan narkotik moddalarni o‘z ixtiyori bilan topshirdi.
To‘liq videoni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi
Jahon | 17:12
-
O‘zbekiston Kot-dʼIvuar bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:00
-
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00
-
Pokiston tomoni Hindiston 24-36 soat ichida zarba berishni rejalashtirganini aytmoqda
Jahon | 16:55
Mavzuga oid

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

16:38 / 01.02.2025
"Onam va akam mendan voz kechvorishadi" - tungi reydda kimlar ushlandi?

18:04 / 07.01.2025
Poytaxt budjeti tasdiqlandi – asosiy ko‘rsatkichlar

17:41 / 23.02.2024