Kun.uz Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari bilan tungi reydga chiqdi. Shaharning o‘nga yaqin manzillarida bo‘lgan guruh ayanchli yo‘l-transport hodisasi, qo‘pol qoidabuzarliklar hamda haydovchilarning psixotrop moddalar bilan ushlanishi kabi tafsilotlarni kadrlarga muhrladi.
Kun.uz Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari o‘tkazgan tungi reydlardan birida ishtirok etdi. Bu tunda poytaxtning o‘nga yaqin nuqtalarida bo‘lgan tasvirga olish guruhi turli voqea-hodisalarga guvoh bo‘lib, ularning ayrimlarini kameraga muhrladi.
Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan avtomobil haydovchisi tekshirilganda shimining tizzasidagi yirtiq joyida tarkibida psixotrop modda borligi taxmin qilingan dori vositasini olib yurgani aniqlangan.
"Avval ham bir marta qo‘lga tushgandim, bir yilcha oldin, boshqa takrorlanmaydi deb so‘z bergandim, bilmay yana shu ishga qo‘l urib qo‘ydim, endi onam ham, akam ham mendan voz kechvorishadi", deb pushaymon bo‘lgan qilmishidan haydovchi.
Reyd tadbirlari davomida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib harakatlangan haydovchilar aniqlanib, ularga tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, ushbu tunda Yunusobod tumanining Ahmad Donish ko‘chasida “Jyentra” va “Spark” avtomobillari to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Haydovchilar va avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar jiddiy jarohatlar olishgan.