Jahon | 08:12 / 14.04.2025
3045
2 daqiqa o‘qiladi

Pensilvaniyada gubernator qarorgohi yoqib yuborildi

Binoga o‘t qo‘yilgan chog‘da shtat gubernatori Josh Shapiro va uning oilasi uy ichida bo‘lishgan.

Foto: CBS News

The Washington Post nashrining yozishicha, Pensilvaniya shtati poytaxti Garrisberg shahrida shtat gubernatori, demokrat Josh Shapiro yashaydigan rasmiy qarorgoh yoqib yuborildi. Hodisa sodir bo‘layotgan vaqtda gubernator uyda o‘z oilasi bilan birga bo‘lgan.

Shapironing so‘zlariga ko‘ra, ular taxminan soat 2:00 da (MSK bilan 23:00) eshik qoqqan politsiyachilar ovozidan uyg‘ongan. Huquq-tartibotchilar uyda yong‘in boshlanganini ma’lum qilishgan.

Shundan so‘ng shahar yong‘inchilik xizmati chaqirilgan, politsiya esa gubernator oilasini evakuatsiya qilgan. Shapironing ma’lum qilishicha, yong‘in uyning bir qismini jiddiy shikastlagan.

Alanga qarorgohning istiqomat qilinadigan qismiga qarshi tomonda o‘chirilgan bo‘lsa-da, keltirilgan zarar «katta» deb baholanmoqda. Politsiya hodisa yuzasidan tergov boshladi va yong‘inni «qasddan o‘t qo‘yish» sifatida baholadi. Gumondor hibsga olingani ma’lum qilinmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar