Rossiyada amerikalik Blekka chiqarilgan hukm yumshatildi
Vladivostok sudi Primorsk o‘lkasida o‘g‘irlik va o‘ldirish bilan tahdid qilganlikda ayblangan amerikalik askar uchun advokatning shikoyatini qisman qanoatlantirdi. Gordon Blekning jazo muddati dastlabki qarorga nisbatan yetti oyga qisqartirildi.

Gordon Blek Foto: AR / TASS
Vladivostokdagi to‘qqizinchi umumiy yurisdiksiya kassatsiya sudi amerikalik harbiy xizmatchi Gordon Blekning jazo muddatini qisqartirdi, deb xabar berdi TASS 7 aprel, dushanba kuni sud qaroriga tayanib. «Blekka Jinoyat kodeksining 158-moddasi ikkinchi qismi «b» bandi bo‘yicha tayinlangan jazo uch yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qisqartirilsin», — deya agentlik sudya qaroridan iqtibos keltirgan. Dastlab Vladivostokning Pervomayskiy tuman sudi amerikalik askarni 3 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum qilgandi.
2024 yil oktyabr oyi oxirida amerikalik Rossiya qonunlariga bo‘ysunish zarur deb hisoblagani uchun ozod etilishini so‘ramoqchi emasligini aytdi, deb yozadi RIA Novosti agentligi. Shu bilan birga, Blek almashinuvga umid qilishini bildirdi. Avvalroq Pentagon voqeani izohlar ekan, unga Vladivostokka tashrif buyurishga ruxsat berilmagani va amerikalik harbiylarning Rossiyaga kelishilmagan har qanday safari qat’iyan man etilganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda AQSh departamenti vakili Sabrina Singx Blek Vladivostokka shaxsiy sabablarga ko‘ra borganini ta’kidlagan, ammo Rossiyaga har qanday kelishilmagan harbiy safarlar qat’iyan man etilgan.
Sud amerikalik harbiy xizmatchi Gordon Blekni 2024 yil iyun oyida o‘ldirish bilan qo‘rqitish va o‘g‘irlikda aybdor deb topdi. Erkak may oyida Vladivostokda qo‘lga olingan, u yerga Janubiy Koreyada xizmat qilayotganda tanishuv ilovasi orqali tanishgan rossiyalik Aleksandra Vashchukni ko‘rgani kelgan. Ish materiallariga ko‘ra, ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va u qizning bo‘ynidan ushlab olgan, Vashchuk buni «o‘z hayotiga haqiqiy tahdid» deb bilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish bo‘yicha oriGIn Uzbekistan tashkiloti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 08:50
-
Kellog: Kiyev Rossiyaga to‘rtta hududini berishga rozi bo‘lmaydi
Jahon | 08:35
-
Toshkentda podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:11
-
Ukraina 2024 yilda 9 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ ishlab chiqardi
Jahon | 08:09
Mavzuga oid

21:19 / 08.03.2025
Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi

14:40 / 21.10.2024
Korrupsiya uchun sudlangan Vladivostok sobiq meri urushga boradi

20:38 / 30.07.2024
O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli tayinlandi

12:12 / 16.05.2024