«Buyuk ipak yo‘li» metro bekatiga nogironligi bor shaxslar uchun elektron ko‘targichlar o‘rnatilmoqda
Transport vazirligi yil oxirigacha bu turdagi ko‘targichlar yana 16 ta metro bekatiga o‘rnatilishini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent metropolitenining «Buyuk ipak yo‘li» bekatida nogironligi bor shaxslar uchun elektron ko‘targichlar o‘rnatilmoqda, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ilgari shunga o‘xshash ko‘targichlar «Xalqlar do‘stligi» bekatida paydo bo‘lgan. Yil oxirigacha ular yana 16 ta metro bekatiga o‘rnatiladi.
Shuningdek, vazirlikning ma’lum qilishicha, 2025 yil 31 martda «Mustaqillik maydoni» bekatida yangi eskalator ishga tushirilgan. «Paxtakor» va «Hamid Olimjon» bekatlarida eskalator o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.
Bundan tashqari, «Buyuk ipak yo‘li»da sanitariya xonalar ochilgan. Joriy yilda yana sakkizta bekatda shunday xonalar ochiladi, «Amir Temur xiyoboni», «Paxtakor» va «Beruniy»da ham bu boradagi ishlar yakuniy bosqichda.
Avvalroq Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida FacePay orqali to‘lov tizimi ishga tushirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Transport vazirligi yaqin orada ushbu tizim barcha metro bekatlarida joriy etilishini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampni tanqid qilayotgan davlat xizmatchilarini kuzatishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda
Jahon | 21:36
-
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi
Jahon | 21:26
-
Pentagon AQShning NATO harbiy qo‘mitasidagi vakilini lavozimdan bo‘shatdi
Jahon | 21:02
-
Xitoy AQSh vitse-prezidentini «johil va odobsiz» deb atadi
Jahon | 20:57
Mavzuga oid

09:46 / 27.03.2025
Hayit bayrami kuni Toshkent metrosi 04:00 dan ish boshlaydi

21:34 / 21.03.2025
“Pushkin” bekatidan TTZgacha yerusti va yerosti metro liniyasi tushishi ma’lum qilindi

15:28 / 21.02.2020