Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Pushkin” bekatidan TTZgacha yerusti va yerosti metro liniyasi tushishi ma’lum qilindi
Transport vaziri Ilhom Mahkamovning so‘zlariga ko‘ra, dastlab yerusti metro bekatlari quriladi. “Pushkin”dan “Salar” temiryo‘l stansiyasigacha travolator orqali yopiq o‘tish yo‘li qilinadi. So‘ngra yerusti metrosi elektropoyezd yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib, Akusherlik va ginekologiya instituti tomonga burilishdan yerostiga tushishi reja qilingan.

Toshkent metropolitenida TTZ dahasigacha yo‘l tortilib, 10 ta bekat quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv vaqtida ma’lum qildi.
Gazeta.uz'ning Transport vaziri Ilhom Mahkamovga tayanib yozishicha, “Pushkin” metro bekatidan TTZ massivigacha bo‘lgan metro liniyasi qisman yer ustidan, qisman esa yer ostidan o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, loyiha “Salar” temiryo‘l stansiyasidan Akusherlik va ginekologiya institutiga qadar elektropoyezd yo‘nalishi bo‘ylab (“Shahriobod” bekati orqali “Ekobozor”gacha) 5,5 km uzunlikdagi yerusti metrosini barpo etishni ko‘zda tutadi. Metro liniyasi avtomobil yo‘lini kesib o‘tadigan 4 ta joyda tunnel qurish rejalashtirilgan.
“Pushkin” metro bekatidan “Salar” temiryo‘l bekatigacha travolator orqali yopiq o‘tish yo‘li bo‘ladi. So‘ngra yerusti metrosi elektropoyezd yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib, Akusherlik va ginekologiya instituti tomonga burilish joyida asta-sekin yer ostiga tushadi. Bu birinchi yerusti metrosi bo‘ladi. Bugun biz prezidentdan loyihani batafsil ishlab chiqishni boshlash to‘g‘risida ko‘rsatma oldik. Xalqaro maslahatchilarni jalb etamiz. Loyihalash jarayoni 1−1,5 oy davom etadi”, — deya ma’lum qilgan vazir Gazeta.uzʼga.
Keyinchalik yerusti liniyasi “Ashxobod” bog‘i orqali Kichik halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab “Toshkent” metro bekatigacha (Shimoliy vokzal) qo‘shimcha 4 kmga uzaytirilishi mumkin.
Shuningdek, vazir mazkur loyiha Toshkent shahrining bosh rejasini inobatga olgan holda ishlab chiqilganini ta’kidlagan. Yo‘nalish yangi turar joy binolari va mavzelarini qurish bilan renovatsiya dasturi rejalashtirilgan hududlardan o‘tadi.
Umumiy uzunligi 10,8 km bo‘lgan yangi metro liniyasida kuniga 85 ming yo‘lovchi tashilishi, bir tomonga borish vaqti 17 daqiqani, poyezdlar orasidagi interval esa taxminan 6 daqiqani tashkil etishi kutilmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda Toshkentga Qibray va TTZ tomonidan 194 mingga yaqin kishi, xususan, 44 ming nafari avtobus, mikroavtobus va Damas, 47 ming nafari yengil avtomobillarda kirib keladi. Yangi metro liniyasi ko‘chalardagi, shuningdek, “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatlaridagi yuklamani qisman kamaytirishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, TTZ dahasigacha metro liniyasi qurilishi haqidagi dastlabki gaplar 2017 yilda “Toshkent metropoliteni”ning o‘sha vaqtdagi rahbari Oybek Xudoyqulov aytgandi.
Xudoyqulov 2030 yilgacha metropolitenda “Beruniy” bekatidan Qoraqamishgacha ikkita bekat, “Buyuk ipak yo‘li” bekatidan TTZgacha uchta bekat hamda “Mingo‘rik” bekatidan Janubiy vokzalgacha beshta bekat qurilishini ma’lum qilgandi.
Keyin loyiha 2021 yilda yana kun tartibiga qaytib, uning loyihasi davlat rahbariga taqdim qilingandi. Loyihaga ko‘ra, yerosti liniyasi yotqizishning ikkita – Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi variantlari ko‘rib chiqilayotgandi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

09:04 / 18.07.2025
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi

23:57 / 17.07.2025
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

22:53 / 17.07.2025