Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi
Sud hunarmandlar va “Turon meros” MChJ o‘rtasidagi 3 yillik bahsga nuqta qo‘ydi: poytaxtning Uchtepa tumanida qurilgan 9 qavatli bino MChJ hisobidan buziladigan bo‘ldi. Bosh vazir bayoni bilan barpo etilishi kerak bo‘lgan 4 qavatli hunarmandlar maskani qurilishi “bir yumalab” ko‘p qavatli turar joyga aylanib qolgandi.

Foto: Kun.uz
Toshkentda bir necha yildan beri hunarmandlar va “Turon meros” MChJ o‘rtasida bahsli vaziyat davom etib kelayotgandi. Nizoli vaziyat Uchtepa tumanida Hunarmandlar markazi qurilishi bilan bog‘liq.
Gap shundaki, Suzukota majmuasi qurilishi munosabati bilan hunarmandlarga tegishli ustaxonalar buzilgach, 2019 yil 26 maydagi hukumat sayyor yig‘ilishi bayoni bilan Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasida joylashgan 2,7 gektar yer maydonida “Hunarmandlar guzari” markazi qurilishi hamda hunarmandlarning buzilgan mulklariga kompensatsiya sifatida quriladigan binoning birinchi qavatidan 52 nafar hunarmand uchun jami maydoni 12 ming 204 metr kvadrat bo‘lgan xonalar ajratib berilishi belgilangandi.
Biroq Uchtepa tumanida barpo etilishi kerak bo‘lgan 4 qavatli hunarmandlar maskani qurilishi boshlangach, “bir yumalab” ko‘p qavatli turar joyga aylanib qolgan. Ya’ni hujjatlarda ushbu hududda 4 qavatli bino qurilishi va unda hunarmandlar faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, Hunarmandlar markazi uchun ajratilgan joyda investor tomonidan 9 qavatli uy qurila boshlangan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2024 yil 25 oktyabrdagi qarori bilan Toshkent shahar qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining “Turon meros” MChJga nisbatan noqonuniy qurilgan qurilmani buzish haqidagi da’vosi qanoatlantirilgan. Sud hujjatiga ko‘ra, Uchtepa tumani, 178-uy manzilida joylashgan 9 qavatli binoni “Turon meros” MChJ hisobidan buzib tashlash belgilangan.
Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 5 fevraldagi ajrimi bilan dastlabki sud qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan. Hozirda ish taftish instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda.
Kun.uz 2022 yil dekabr oyida Uchtepa tumanida 4 qavatli Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan joyda 9 qavatli “dom” qurilayotgani, hunarmandlar esa bundan noroziligi haqida surishtiruv e’lon qilgandi.
Batafsil: Bosh vazir va’dasi yerda, hunarmandlar esa ko‘chada qoldi. Umrzoqovning qarori nega bekor qilindi?
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa Ittifoqi mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi
Jahon | 14:59
-
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 13:53
-
Simulyatsiya va foydalanilmagan penalti - Masharipov va Shomurodovning Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari
Sport | 13:52
-
«Eronni yutsak, JCh-2026ga chiqish masalasini 99 foizga hal qilamiz» - Shomurodov va Masharipov muhim g‘alaba va Tehrondagi o‘yin haqida
Sport | 13:39
Mavzuga oid

18:31 / 20.03.2025
Toshkentda zarang daraxtlari sirli ravishda yo‘q qilindi

16:49 / 20.03.2025
“Qarindoshlarimizga prank qilmoqchi edik” – “Gelik” oynasini sindirib, video olgan er-xotinlar uzr so‘radi

16:31 / 20.03.2025
Toshkentda birinchi marta Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi o‘tkaziladi

18:02 / 19.03.2025