Tramp inauguratsiyadan so‘ng ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi
AQShning 47-prezidenti Donald Tramp ma’muriyati inauguratsiyadan keyin ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi.

Foto: The White House
Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan 3 ta yuridik shaxs AQSh Moliya vazirligining «qora ro‘yxat»iga kiritildi. Endi ular bilan har qanday operatsiyalar taqiqlanadi va AQShdagi barcha aktivlar muzlatiladi. AQSh Moliya vazirligiga qarashli Tashqi aktivlar ustidan nazorat boshqarmasi (OFAC) bayonotida qayd etilishicha, sanksiyalarga quyidagi kompaniyalar uchradi: «Edison» MChJ, «Kalibri grupp» MChJ hamda «Skay freym» MChJ.
SPARK ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, «Edison» maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanadi, «Kalibri grupp» — don, urug‘ va hayvonlar uchun yem-xashak savdosi, «Skay freym» esa faoliyati turi sifatida «kinofilmlar ishlab chiqarish»ni ko‘rsatgan. Biroq birinchi kompaniya egasi Eron fuqarosi Ahmad Saidiy, ikkinchi va uchinchi kompaniyalar egalari esa Afg‘oniston fuqarolari — G‘ayrat Ushang va Muhammaddin Hamadoniy ekani qayd etilgan.
AQSh Moliya vazirligi bayonotiga ko‘ra, ushbu kompaniyalar Eron qo‘llovida Rossiyadan Yamandagi husiychilarga xomashyo, qurol-yarog‘ va yuqori sezgirlikdagi tovarlar yetkazib berish bilan shug‘ullangan tarmoq tarkibida bo‘lgan. Vazirlik bahosiga ko‘ra, bunday yetkazib berishlar hajmi o‘nlab million dollarlarni tashkil etgan va ular orasida Ukraina okkupatsiya qilingan hududlaridan olib chiqilgan don mahsulotlari ham bo‘lgan.
Terrorizmni qo‘llab-quvvatlash munosabati bilan joriy etilgan sanksiyalar ortidan, AQSh ma’muriyati yanada tajovuzkor chora-tadbirlarni — xususan, Rossiya nefti va «xufyona floti»ga nisbatan qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qilgan edi kuni kecha Reuters va Fox News Tramp ma’muriyatidagi manbalariga tayanib.
Reuters agentligi suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Oq uydagi yuqori martabali amaldorlar Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralarni ataylab cho‘zmoqda, degan xulosaga kelgan va shu bois siyosiy hamda iqtisodiy bosim choralarini ishlab chiqishmoqda.
Trampning o‘zi 30 mart kuni NBC News telekanaliga bergan intervyuda Putindan qattiq noroziligini bildirgan va Rossiya rahbarining tinchlik kelishuviga ko‘nmayotganini tanqid qilgan. Shuningdek, Tramp Ukrainaning boshqaruvini BMT nazorati ostida vaqtincha tashqi boshqaruvga o‘tkazish talab qilinganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiya neftini sotib olayotgan mamlakatlardan kelayotgan tovarlarga boj to‘lovi joriy etish va ularga AQShda biznes yuritishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Senatning ikki partiyasi vakillari tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasiga ko‘ra, bunday bojlar miqdori 500 foizgacha yetishi mumkin.
The Moscow Times nashrining Kremlga yaqin manbalariga ko‘ra, Putin AQSh bilan muzokaralarda maksimalistik talablardan voz kechmagan: u Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson oblastlarining to‘liq ma’muriy chegaralarida Rossiya nazoratiga o‘tishiga erishmoqchi. Holbuki, bu hududlarning hech biri to‘liq Rossiya armiyasi nazoratida emas.
Shuningdek, Putin Vladimir Zelenskiyning o‘rniga hududlardan voz kechishga tayyor rahbar kelishiga umid qilmoqda, deb xabar bergan edi The Moscow Times manbalari.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18
Mavzuga oid

21:11
Tramp Yevropadan moliyaviy reparatsiya talab qildi

19:11
Tramp Rossiyadan Ukrainani bombalashni to‘xtatishni talab qilmoqda

16:10
«Bu qonli qirg‘in». Trampning bojlari Osiyo bozorlarini qulatdi

23:36 / 06.04.2025