Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning yubiley 150-assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rishga oid asosiy masalalar muhokama qilindi.

Foto: Oliy Majlis Senati
2 aprel kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning yubiley 150-assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rishga oid asosiy masalalar hamda parlament islohotlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilingan.
Shuningdek, assambleyaning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘liq mos keladigan «Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati» mavzusining tarixiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston parlamenti faoliyatining ijobiy jihatlari boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.
«Martin Chungong O‘zbekiston parlamentining Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatning Parlamentlararo ittifoq faoliyatiga qo‘shayotgan salmoqli hissasini qayd etdi», — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkentda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi xalqaro parlamentarizm tarixida muhim voqea bo‘lishiga va global muammolarni hal qilishda parlamentlarning rolini kuchaytirishiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi
Jahon | 17:31
-
Chilonzor tumani hokimligida 8 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
Jamiyat | 17:13
-
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:07
-
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid

14:13 / 06.04.2025
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

19:56 / 03.04.2025
Toshkentda 9 aprelga qadar yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi

17:11 / 02.04.2025