Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 9 aprelga qadar yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi
Bu vaqt davomida yuk tashuvchi transport vositalari faqat Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan harakatlanishi mumkin.

Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida yuk mashinalari harakati bir necha kunga to‘liq cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
2025 yil 4 apreldan 9 aprelga qadar Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqining 150-yubiley assambleyasi tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu vaqt ichida poytaxtning markaziy ko‘chalarida yuk transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.
«Qurilish obektlarida og‘ir va yengil vaznli barcha toifadagi yuk tashuvchi transport haydovchilari faqat Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qilamiz», — deyiladi xabarda.
YHXB vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga o‘z yo‘llarini oldindan rejalashtirishni tavsiya qildi.
Avvalroq Shayxontohur tumanidagi Shofayzi ko‘chasi 25 martdan 1 mayga qadar yopilgani, Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasida esa 2 apreldan sentabr oyigacha transport vositalari harakati cheklangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkent va Kolombo o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:28
-
Rossiya avgustdan Ukraina bilan chegaradagi 20 ta o‘tish joyini yopadi
Jahon | 15:20
-
Pekinda suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:00
Mavzuga oid

16:13 / 28.07.2025
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15 / 28.07.2025
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025