Parlamentlararo muloqot yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi
O‘zbekiston parlamentlararo muloqotning eng yirik platformasi – 181 mamlakat vakillarini birlashtirgan Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasiga mezbonlik qiladi. Bunday platformalar dunyo xalqaro parlament diplomatiyasi tizimiga muloqot qilish, ishonch va global muammolarni hal qilish yo‘llarini birgalikda izlash imkonini beradi.

Ma’lum qilinishicha, dunyoning 140 ga yaqin mamlakatlari 105 ta parlamenti yetakchilari, 2000 dan ziyod parlament vakillari hamda 50 ta xalqaro tashkilotdan 110 nafar delegatsiya a’zolari ushbu anjumanda qatnashishi kutilmoqda.
«Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati» mavzusida o‘tkaziladigan assambleyaning turkum yig‘ilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Forum yakunida ishtirokchi mamlakatlar xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari bo‘yicha yakdil pozitsiyani aks ettiruvchi dasturiy hujjat – Toshkent deklaratsiyasini qabul qiladi.
Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi nafaqat a’zo mamlakatlar, balki butun xalqaro parlament diplomatiyasi tizimi uchun ahamiyatga ega ekanini, shuningdek, bunday platformalar muloqot, ishonch va global muammolarni hal qilish yo‘llarini birgalikda izlash imkonini berishi ta’kidlanmoqda.
Tashkilot haqida
Parlamentlararo ittifoq (Inter-Parliamentary Union, IPU) – xalqaro parlament tashkiloti bo‘lib, 1889 yilda tashkil etilgan, hozirda 181 mamlakat parlamentlarini birlashtirgan parlamentlararo muloqotning eng yirik platformasi hisoblanadi.
1889 yil 30 iyun kuni Parijda ilk bor 9 ta mamlakatdan kelgan parlament a’zolari xalqaro parlamentlararo ittifoq yig‘ilishida uchrashdi. Keyinchalik ushbu sana xalqaro parlamentarizm kuni sifatida belgilandi. Dastlab, parlamentlararo ittifoq yig‘ilishlari «parlamentlararo konferensiyalar» deb nomlangan va asosan Yevropa davlatlarida o‘tkazilgan. 1956 yilda yig‘ilish ilk bor Osiyo davlati – Bangkokda o‘tkazildi.
1989 yil Londonda bo‘lib o‘tgan 82-yig‘ilishni qirolicha Yelizaveta ochib berdi va aynan shu yig‘ilishda Parlamentlararo ittifoqning 100 yilligi ham nishonlandi.
2025 yilda esa Parlamentlararo ittifoq ilk bor Markaziy Osiyo – Toshkentga kelmoqda va o‘zining 150-yig‘ilishini o‘tkazadi. Ma’lum qilinishicha, IPU o‘zining 136 yillik faoliyati davomida 150 ta yig‘ilishini o‘tkazib, dunyo bo‘ylab parlamentlarni demokratiya yo‘lida birlashtirish va ularni umumiy maqsad sari yetaklashda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews
Jahon | 05:20
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
Mavzuga oid

12:05 / 10.04.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda

10:54 / 09.04.2025
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi

21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi

20:20 / 08.04.2025