Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Nyu Jyersidan saylangan demokrat Kori Buker senatda eng uzoq nutq so‘zlash bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U 25 soat davomida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning safdoshlari siyosatini tanqid qildi, xususan, hozirgi ma’muriyatning ijtimoiy ta’minot, ta’lim, migratsiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosatiga qarshi chiqqan.

Foto: Zuma / TASS
55 yoshli Buker dushanba kuni kechqurun senat minbariga chiqib, jismoniy holati imkon berguncha o‘sha yerda qolishini aytdi. U 25 soat-u 5 daqiqadan keyingina nutqini yakunladi. Bu Senat tarixidagi eng uzoq davom etgan uzluksiz nutq bo‘yicha rekord bo‘ldi. AP News qayd etishicha, Bukerga demokrat hamkasblari yordam qilishgan, ular unga savollar berib, tin olish imkonini bergan.
Oxirgi marta rekord 68 yil oldin Janubiy Karolina shtatidan saylangan respublikachi senator Strom Termond tomonidan o‘rnatildi. O‘shanda u Fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonunga to‘sqinlik qilish maqsadida 24 soat-u 18 daqiqa davomida nutq so‘zlagan edi.
Jonli translatsiya qilingan nutq boshlanishidan avval Buker bu chiqishini Tramp va Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskning «qonun ustuvorligi, Konstitutsiya va Amerika xalqi ehtiyojlariga to‘liq e’tiborsizlik» ko‘rsatgani bilan izohladi.
Buker o‘z nutqida Amerika xalqi va Amerika demokratiyasiga tahdidlar jiddiy ekanini ta’kidlab partiyadoshlarini qat’iyatlilikka chaqirdi. Xususan, u Ilon Mask boshchiligidagi Davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) tomonidan ijtimoiy ta’minot sohasida amalga oshirilayotgan qisqartirishlarni tanqid qildi.
«AQSh prezidenti atigi 71 kun ichida amerikaliklarning xavfsizligi, moliyaviy barqarorligi va demokratiyamizning asosiy prinsiplariga shunchalik katta ziyon yetkazdiki… Bu Amerika uchun odatiy vaqtlar emas. Ular AQSh Senatida ham shunday baholanmasligi kerak», – dedi Buker.
Siyosatchi o‘z nutqida tashqi siyosat masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, u Donald Trampni NATOni zaiflashtirishda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan moyillikda va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga «diktator» deb atalgan noo‘rin bayonotlari uchun tanqid qildi, shuningdek, saylovchilarning Trampning Grenlandiya va Kanadaga da’volari yuzasidan xavotirlarini bildirdi.
Kori Buker Vashingtonda tug‘ilgan, Nyu Jyersida o‘sgan. Uning aytishicha, oilasi irqiy kamsitishga duch kelgan, jumladan, ota-onasi uy sotib olmoqchi bo‘lganida to‘siqlarga uchragan.
Buker Stenfordda futbol o‘ynagan, Yyel universitetida huquqshunoslikni o‘rgangan va kam ta’minlangan oilalarga yordam beruvchi advokat sifatida ishlagan. Keyinchalik Nyuark (Nyu Jyersining eng yirik shahri) shahar hokimi va AQSh senatori bo‘lgan.
2013 yilda u Senatga navbatdan tashqari saylovda g‘alaba qozondi, keyin esa 2014 va 2020 yillarda to‘liq muddatlarga saylandi. 2020 yilda u prezidentlik saylovida ishtirok etdi, ammo uning kampaniyasi muvaffaqiyatga erishmaydi.
AP News Bukerning bir necha soatlik nutqini chidamlilikni ajoyib namoyon etish deb baholadi, chunki demokratlar «umidsizlikka tushgan tarafdorlar»ga amaldagi prezident dasturiga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganlarini ko‘rsatishga urindi.
Senator ushbu ishi bilan senatning kundalik faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatib, Tramp rejalarini amalga oshirishga qarshilik ko‘rsatishni maqsad qilgandi. Qaysidir ma’noda u o‘z maqsadiga erishdi ham. Senat kun tartibidagi qator masalalar boshqa kunga qoldirildi.
Kori Buker jurnalistlarga o‘z nutqiga qanday tayyorlangani haqida gapirib berdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hojatxonaga zarurat sezmaslik uchun u o‘tgan juma kunidan boshlab ovqatlanishni to‘xtatgan va faqat o‘z chiqishi arafasida suv ichgan.
Shu bilan birga, Buker qandaydir moslama yoki taglikdan foydalangani ehtimoli haqidagi savolga javob bermagan.
«Men chidashim kerak bo‘lgan eng qiyin narsa shu ediki, mushaklar tortisha boshladi va vaqti-vaqti bilan spazmlar yoki shunga o‘xshash narsalar yuzaga keldi», – deya qayd etgan senator.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rubio: Putin bilan tinchlik to‘g‘risida "cheksiz muzokaralar" bo‘lmaydi
Jahon | 12:12
-
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 12:05
-
«Jinoyat tarkibi aniqlanmadi» – Uzun tumanida so‘roqqa olib ketilgan fuqaro vafot etgani yuzasidan tekshiruv yakunlandi
Jamiyat | 12:04
-
Rossiyada Qora dengizda mazut to‘kilishidan yetkazilgan zarar baholandi
Jahon | 11:40
Mavzuga oid

11:03
Axios: Netanyahu G‘azo va tariflarni muhokama qilish uchun AQShga tashrif buyuradi

23:52 / 04.04.2025
Tramp TikTokʼning AQShdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytirishini ma’lum qildi

21:31 / 04.04.2025
Xitoyning AQSh bojlariga javobi fond bozorlaridagi pasayishni davom ettirdi

21:02 / 04.04.2025