Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Dehqon (fermer) xo‘jaliklari va tomorqa uchastkalaridagi bo‘sh yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumot «Onlayn Mahalla» platformasida onlayn rejimda shakllantiriladi. 2025 yil 1 iyunga qadar aholi tomorqalarining yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi yakunlanadi va ularning hisobi yuritiladi.
Namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi tomorqa uchastkalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun o‘tkaziladi. Ekin va mahsulotlarni yetishtirish reja-grafigi joriy yilning 10 apreliga qadar tasdiqlanadi.
Muvaffaqiyatli tadbirkorlar yuqori daromadli, sifatli urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berish, ekish va ijara asosida ajratilgan har bir yer uchastkasidan samarali foydalanishni tashkil etadilar.
Joriy yilning may oyiga qadar mahallalarda amalga oshiriladigan «yashil» va resurs tejamkor loyihalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.
Tomorqa uchastkalarida shuningdek yengil konstruksiyali issiqxonalar, intensiv bog‘lar, tokzorlar, anorzorlar, gulchilik va ko‘chatchilik plantatsiyalarini yaratish, yuqori rentabelli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Sport | 01:32
-
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT
Jahon | 00:59
-
Xitoyda sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga qarshi tergov boshlandi
Jahon | 00:38
-
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi
Jahon | 23:36 / 06.04.2025
Mavzuga oid

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

21:20 / 19.02.2025
Tomorqasiga ekin ekmagan kambag‘allar imtiyozlardan mahrum bo‘ladi

10:55 / 05.02.2025