Tomorqasiga ekin ekmagan kambag‘allar imtiyozlardan mahrum bo‘ladi
Aholini o‘z tomorqasidan foydalanishga undashning yangi choralari e’lon qilindi. Tomorqasiga ekin ekmagan fuqarolardan yer solig‘ini 3 barobar miqdorda undirish davom ettiriladi, qo‘shimcha ravishda bunday shaxslarga imtiyozli kredit berilmaydi; agar oila kambag‘allar reyestrida tursa, reyestrdagi shaxslar uchun ko‘zda tutilgan imtiyozlardan foydalanishi to‘xtatiladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda hokimlarning mahallalardagi yordamchilari aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishini nazoratga oladi.
O‘zA xabariga ko‘ra, aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalanish holati har chorakda o‘rganiladi.
Xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa, quyidagi choralar qo‘llanadi:
- tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga davlat dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilmaydi;
- ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar to‘xtatiladi;
- "Onlayn mahalla" elektron platformasi ma’lumotlari asosida ekin ekilmagani aniqlangan yil uchun yer solig‘i stavkasi uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.
Yuqoridagi yangilik qaysi hujjatda belgilanganiga O‘zA xabarida aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga ekin ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda, yer solig‘ini 3 baravar miqdorda undirish tartibi 2018 yil 1 yanvardan buyon amal qilib kelmoqda.
2020 yilda tomorqasidan asossiz ravishda oqilona foydalanmagan shaxslarni javobgarlikka tortish taklif etilgan edi. Deputatlar bu haqdagi qonunni qabul qilgan, lekin Senat rad etgani uchun qonun qabul qilinmay qolgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
Mavzuga oid

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

12:44 / 15.05.2025