Britaniyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun ta’lim dasturlari amalga oshiriladi
O‘zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyadagi Harrow, Richmond and Uxbridge College (HRUC) hukumat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
Muzokaralar davomida Buyuk Britaniyada talab yuqori bo‘lgan jabhalarda o‘zbek mutaxassislarini tayyorlash va ularda aniq amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Buyuk Britaniya mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston fuqarolar uchun moslashtirilgan kasbiy ta’lim modellari xususida fikr almashildi.
Talabalarga zarur ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish imkonini beradigan modulli ta’limni joriy etish, mehnat bozorining dolzarb ehtiyojlariga moslashtirilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini amalga oshirish, o‘zbek migrantlarini ish bilan ta’minlashni kafolatlash maqsadida Britaniya ish beruvchilari bilan hamkorlik va ustoz-shogird tizimini integratsiya qilish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ta’lim kurslari, amaliyotlar va keyingi ishga joylashtirishni o‘z ichiga olgan davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘shma dasturlarni tashkil etish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«O‘lim zonasi» yaratayotgan Isroil, Kremldan otashkesim uchun shartlar va bojlar zaruriyatini tushuntirgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 12:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Oltoy o‘lkasidagi korxonalarga ishga jalb etiladi
Iqtisodiyot | 12:55
-
O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida vizasiz tartib joriy qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 12:52
-
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:31
Mavzuga oid

12:55
O‘zbekiston fuqarolari Oltoy o‘lkasidagi korxonalarga ishga jalb etiladi

12:05 / 07.04.2025
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi

09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi

23:34 / 26.03.2025