“Mulalak” GESi qurilishini Xitoy moliyalashtiradi” – “O‘zbekgidroenergo”
Piskom daryosida yirik “Mulalak” gidro elektr stansiyasi quriladi. “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farrux Nurullayevga ko‘ra, loyiha Xitoy banki kreditlari hisobidan amalga oshirilmoqda. Pudratchi tashkilot ham ushbu davlatdan bo‘lishi mumkin. Boisi Xitoy tomoni tegishli kelishuvlarda shunday talabni qo‘ygan.
2024 yilda O‘zbekistonda GESlar orqali 8,2 mlrd kWh elektr energiya ishlab chiqarilgan. Uni sotishdan tushgan pul mablag‘i esa 4 trln so‘mdan oshgan. Umumiy olinganda, elektr energiya ishlab chiqarish 2023 yilga nisbatan 20 foizga yuqorilagan. O‘sish “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufida faoliyat ko‘rsatayotgan GESlar soni 77 taga yetkazilgani bilan bog‘liq. Bu haqda 27 mart kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamiyat mas’ullari tomonidan ma’lum qilindi.
Tadbirda qatnashgan Kun.uz muxbiri jamiyat vakillaridan Chorvoq suv ombori atrofida va undan yuqoriroqda qurilishi rejalashtirilgan GESlarga ketadigan mablag‘lar, ularning manbalari haqida so‘radi.
“Prezidentning 332-sonli qarori bor. Unga asosan davlat ulushi 50 foiz hamda undan yuqori bo‘lgan barcha tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha texnik iqtisodiy asosnoma ishlab chiqiladi. Ushbu qarorga asosan, u majburiy ravishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi ekspertiza markazidan o‘tkaziladi. Ijobiy xulosa berilgach, tasdiq uchun hukumatga kiritiladi hamda ularni amalga oshirish uchun alohida qaror qabul qilinadi”, deydi “O‘zbekgidroenergo” AJ raisi o‘rinbosari Farrux Nurullayev.
Uning ta’kidlashicha, hozirda Toshkent viloyatida qurilayotgan “Piskom” va “Chotqol” GESlari ekspertizadan o‘tkazilgan hamda hukumat va prezident qarorlari qabul qilingan. Ushbu loyihalarga kiritiladigan investitsiyalarni qoplash muddati hisobga olingan. Ammo Nurullayev moliyalashtirish manbalarini ochiqlamadi.
“Men bitta narsani aytib o‘tmoqchi edim: moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lmagan loyihalar bo‘yicha alohida qaror qabul qilinmaydi. Mana, yaqindagina Piskom daryosida yirik “Mulalak” gidro elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Ushbu loyiha bo‘yicha ekspertiza, kelishuv jarayonlari to‘liq o‘tkazildi. Moliyalashtirish manbalari aniqlandi. Ushbu loyihani amalga oshirish endi boshlanadi”, deydi Farrux Nurullayev.
Qo‘shimcha qilinishicha, “Mulalak” gidro elektr stansiyasi loyihasini Xitoy banki moliyalashtiradi. Hozir Moliya vazirligi va Xitoy hukumati o‘rtasida kelishuvlarni imzolash jarayonlari boshlangan. Ekspertizadan o‘tkazilib, tender e’lon qilinadi.
“Moliyalashtirish manbalari Xitoy banki bo‘ladimi yoki boshqa davlat banklari bo‘ladimi, har bitta kredit beradigan tashkilotning pudratchini aniqlash bo‘yicha shartlari bo‘ladi. Misol uchun, Xitoy banklari kredit berganda, o‘zining hududidagi salohiyatli pudratchi tashkilotlar orasidan tender asosida aniqlash talabi qo‘yilgan. Boshqa banklarda ham xuddi shunaqa talab bo‘ladi. Bugungi kunda “Mulalak” gidro elektr stansiyasi bo‘yicha pudratchi tashkilot aniqlanmagan. Bu bosqichga endi o‘tdik”, deya ta’kidladi jamiyat boshqaruvi raisi o‘rinbosari.
Farrux Nurullayev GESlarda ishlab chiqariladigan 1 kWh elektr-energiyaning tannarxiga ham to‘xtaldi. Unga ko‘ra, hozirda jami xarajatlarni inobatga olganda ishlab chiqarish tannarxi 185 so‘mni tashkil etadi. Mazkur miqdor yangi loyihalar va ularni amalga oshirish xarajatlari nuqtayi-nazaridan har yili o‘zgarishi mumkin.
Matbuot anjumanida 2025 yilda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, joriy yilda bu yo‘nalishda 15 ta loyiha davlat investitsiya dasturiga kiritilgan. Ushbu loyihalar doirasida 248 mln dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Buning hisobiga 2025 yilda o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga ko‘p elektr energiya ishlab chiqarish belgilangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

14:09 / 08.04.2025
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi

17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

13:10 / 02.04.2025
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin

18:31 / 20.03.2025