Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi
Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasining Hazrati imom (Hastimom) majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazi qarshisidagi qismi piyodalar sayilgohiga aylantiriladi, avtomobil yo‘li esa yer ostidan, tunnel shaklida o‘tkaziladi. 1,2 kilometrlik tunnelning 800 metrlik qismi sentabrgacha qurib bitkazilishi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiriga pudratchi Gold Step Invest vakili ma’lum qildi.

Tunnelning ustki qismi yashil hududga aylanadi, dedi kompaniya xodimi Nodir Shodmonov.
“Turistlar, o‘zimizning fuqarolar kelganda dam oladigan, maqbara, muzeylarni aylanadigan joy bo‘ladi. Har xil manzarali daraxtlar ekiladi. Hozir aholi uchun piyodalar yo‘lagi qilinyapti. Maxsus texnikalar kelishni boshladi”, – deydi Shodmonov.
Uning qayd etishicha, umumiy hisobda 1200 metrlik tunnel qurish belgilangan. Onlayn xaritalarga qaraganda, Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqdagi qismining uzunligi aynan shunchani tashkil etadi.
1 aprel kuni Toshkent shahar hokimligi ayni shu oraliqda avtomobillar harakati sentabr oyigacha to‘xtatilganini ma’lum qilgan, sabab sifatida “qurilish-ta’mirlash ishlari”ni ko‘rsatgan edi. Ammo rasmiy axborotda tunnel qurilishi haqida so‘z bormagan.
Kun.uz muxbiri bilan qurilish maydonida gaplashgan pudratchining vakili loyiha qiymatidan bexabarligini aytdi. Olmazor tuman hokimligi bu savol va Qorasaroy ko‘chasi bo‘yida qurilayotgan boshqa obektlar haqidagi so‘rovlarni javobsiz qoldirdi.
Gold Step Invest haqida
“Gold Step Invest” MChJ 2024 yilda Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li kesishmasida ochilgan tunnelni ham qurgan.
2023 yilda 350 mlrd so‘m (o‘sha vaqtdagi kurs bo‘yicha 28,3 mln dollardan ortiq) qiymatdagi loyiha uchun bosh pudratchi tendersiz tanlab olingan.
Kun.uz o‘sha vaqtda MChJning 50 foiz ulushiga Odilov Qobiljon Frazilovich egalik qilishi, uning familiyasi va sharifi davlat buyurtmachisi – Yangi Toshkentni barpo etish direksiyasi direktori Odilov Davronjon Qobiljonovichning familiyasi va sharifi bilan bir xil ekaniga e’tibor qaratgandi.
Direksiya rahbari Davronjon Odilov Qurilish vazirligida ish boshlashidan oldin “Gold Step Invest” MChJda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Qobiljon Odilov hozirda ta’sischilar safidan chiqqan, uning 50 foizlik ulushi Saidaliyev Saidma’ruf Saidmurod o‘g‘liga o‘tgan. Qolgan 50 foiz ulush hozir ham Ismatov Xayrulla Nurillayevichga tegishli.
2013 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Gold Step Invest'ning rahbari sifatida Shomansurov Shoislom Sultonovich ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
Mavzuga oid

10:00
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

17:53 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

17:45 / 12.07.2025