Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari IIVga o‘tkazildi
Bosh prokuraturada O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi D.Qodirov boshchiligida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Foto: Bosh prokuratura
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, sohaga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlari, viloyat, tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari va ichki ishlar bo‘linmalari boshliqlari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda qarorlar mazmun va mohiyati to‘liq yoritilib, kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish va manzilli nazorat tadbirlarini amalga oshirish orqali mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni ta’minlash, bu borada "mahallabay" manzilli choralar natijadorligini oshirishning yangicha mexanizmlari ko‘rsatib o‘tildi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar aniq raqamlar hamda misollarda ko‘rsatib o‘tilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.
Jumladan, jinoyatlar og‘irlik darajasi va toifasiga asosan “respublika–viloyat–tuman” darajasi tamoyili asosida so‘rov, muvofiqlashtirish va qat’iy nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlanib, mas’ullarga bu borada aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligini Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilganligi ma’lum qilinib, ichki ishlar organlari tomonidan voyaga yetmaganlar bilan “Oila – mahalla – maktab” tamoyili asosida manzilli ishlash yo‘nalishida aniq vazifalar belgilab berildi.
Tadbir davomida hududlar hamda respublika idora va vazirliklarning rahbarlari, mas’ul xodimlari tushuntirish va axborotlari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 07:56
-
YeChL. "Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi
Sport | 01:57
-
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
Jahon | 00:56
-
Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda - Financial Times
Jahon | 00:24
Mavzuga oid

18:07 / 31.03.2025
“Gold terapi” izidan Tailandda yoxud Xayrulla Kasimov kirdikorlari – 3-qism

10:57 / 20.01.2025
Navoiyda inspektor 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

15:27 / 11.01.2025
Ekologiya nazorati inspektorlari maxsus xizmat quroli bilan ta’minlanadi

10:40 / 06.11.2024