Ekologiya nazorati inspektorlari maxsus xizmat quroli bilan ta’minlanadi

O‘zbekiston 15:34 1102

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi nazoratini samaradorligini tubdan oshirish, ularning xodimlarini maxsus vosita va transportlar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Davlat ekologiya nazorati inspeksiyasi avtotransport vositalari maxsus tovush chiqaruvchi, yorituvchi uskunalar va ajratuvchi belgilari bilan jihozlanadi va ular maxsus avtotransport vositasi toifasiga kiritiladi.

Inspektorlar maxsus xizmat quroli (elektroshoker, rezina o‘qli, to‘r otuvchi) bilan ta’minlanadi.

Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning “Eko brendi” ishlab chiqiladi.

Respublikada ishlab chiqaruvchilarni o‘rgangan holda “Eko brendi” ishlab chiqaruvchilar ro‘yxati tuziladi.

Xaridorlarning ekologik mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning “Eko brendi” ishlab chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: