O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
Ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25 avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Hukumatning tegishli qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.
Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 balli mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini «16» soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 balli mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani «5» soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25 avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil may oyida «Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilingandi. Unga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi
Sport | 01:57
-
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
Jahon | 00:56
-
Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda - Financial Times
Jahon | 00:24
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
Mavzuga oid

18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi

23:31 / 05.04.2025
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

13:29 / 24.03.2025