Kichik biznes sub’yektlari 10 martgacha yillik statistika hisobotini topshirishga chaqirildi
Hisobotlarni hisobot.stat.uz elektron platformasi orqali taqdim etish mumkin.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi kichik biznes sub’yektlarini 1-kb yillik hisobotni topshirish muddati yaqinlashayotganidan ogohlantirdi.
Hisobotni topshirishning so‘nggi muddatlari:
- kichik biznes sub’yektlari – 2025 yil 10 mart;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi kichik biznes sub’yektlari – 2025 yil 1 aprel.
Hisobotlarni hisobot.stat.uz elektron platformasi orqali taqdim etish mumkin.
2025 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 97,5 mingtani tashkil etgan — ulardan 87,7 mingtasi tadbirkorlik sub’yektlaridir.
Ushbu tadbirkorlik sub’yektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha: savdo – 32,0 foiz, sanoat – 11,1 qurilish – 6,9 foiz, hududiy kesimda esa eng ko‘pi Mirzo Ulug‘bek tumani – 11,9 foiz, Yunusobod tumani – 11,9 foiz, Chilonzor tumani – 11,7 foiz, Olmazor tumani – 9,1 foiz va Yashnobod tumanida – 9,1 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid

18:26 / 28.11.2024
“Elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi “- Soliq qo‘mitasi

11:43 / 31.10.2024
Onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi - Soliq qo‘mitasi

21:09 / 25.04.2024
Soliq qo‘mitasi mart oyi uchun 57 mlrd so‘mdan ortiq keshbekni tasdiqladi

19:46 / 25.03.2023