Onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi - Soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston 11:44 / 31.10.2024 1621

Soliq qo‘mitasi ma’lum qilishicha, katta hajmdagi ma’lumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yil 30 oktyabr soat 18:30 dan 5 noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi.

Shuningdek, joriy yil 31 oktyabr soat 23:00 dan 5 noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida ma’lumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: