Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yandeks.Taksi”ning O‘zbekistondagi faoliyati qanday tartibga solinadi? – Soliq qo‘mitasi izoh berdi
2021−2022 yillarda O‘zbekistonda “Yandeks.Taksi” xizmati orqali tushgan umumiy daromad 1 trln 59,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ushbu mablag‘dan atigi 32,7 mlrd so‘m soliq undirilgan. Bu “Yandeks.Taksi” ilovasi orqali xizmatlarni taqdim etuvchi "Ridetech International B.V." kompaniyasining Niderlandiya rezidenti ekani va haydovchilar daromadi soliqqa tortilmasligi bilan izohlandi.

Foto: Yandeks.Taksi
“Yandeks.Taksi” haydovchilari kartadan to‘lov qabul qilishni xohlamasligi, buyurtmani bekor qilishni so‘rashi, bu xizmat monopoliyaga qarshi tartibga solinmayotgani, umuman “mamlakatdagi eng mashhur taksi agregatori soliq to‘laydimi yoki yo‘qmi?”, degan savol o‘zbek jamoatchiligi muhokamalariga sabab bo‘lgandi. Kun.uz ushbu holat yuzasidan tahliliy maqola ham e’lon qilgandi.
Soliq qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan izoh berdi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda “Yandeks.Taksi” orqali xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadning 84 foizi haydovchilar ixtiyorida qoladi.
“Yandeks.Taksi”ning O‘zbekistondagi faoliyati qanday tartibga solinadi?
“Yandeks.Taksi” ilovasi orqali xizmatlarni taqdim etuvchi "Ridetech International B.V." (2020 yil 30 iyungacha u "Yandex.Taxi BV" deb nomlangan) Niderlandiya rezidenti hisoblanadi.
Soliq kodeksiga muvofiq, kompaniya xizmatlarini realizatsiya qilganlik uchun QQS va O‘zbekistondagi manbalardan olingan norezident daromadlaridan olinadigan soliq to‘lashi shart.
Soliq kodeksining 255-moddasiga ko‘ra, agar chet el kompaniyalari sotiladigan joyi respublika hududi bo‘lgan O‘zbekiston yuridik shaxslariga elektron xizmatlar ko‘rsatsa, ushbu xizmatlarning xaridorlari soliq agenti deb e’tirof etiladi.
Bugungi kunda respublikada “Yandeks.Taksi” xizmati ko‘rsatishni tashkil etuvchi 135 ta yo‘lovchi tashish agregatori mavjud.
Daromadlar qanday taqsimlanadi?
2021−2022 yillarda O‘zbekistonda 135 ta yo‘lovchi tashuvchi agregatorning “Yandeks.Taksi” platformasi orqali xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan umumiy daromadi 1 trln 59,1 mlrd so‘mni tashkil etib, quyidagicha taqsimlangan:
- 84 foizi yoki 889,6 mlrd so‘mi jismoniy shaxslarga — haydovchilarga;
- 5 foizi yoki 53 mlrd so‘m tashuvchi kompaniyalarga;
- 11 foiz yoki 116,5 mlrd so‘m —"Ridetech International B.V.''ga.
Qancha soliq to‘langan?
2021−2022 yillarda —"Ridetech International B.V.'' kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun soliq agentlari tomonidan (116,5 mlrd so‘m miqdorida) budjetga 17,5 mlrd so‘m QQS to‘langan.
"Ridetech International B.V.''ning “Yandeks.Taksi” ilovasidan foydalanish huquqini berishdan olgan daromadi norezident daromad solig‘iga tortilishi kerak. Bu Soliq kodeksining 351-moddasida belgilab qo‘yilgan.
Soliq qo‘mitasining ushbu holatga izoh berishicha, 2001 yil 18 yanvarda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida tuzilgan daromadlarga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq, royalti tarzidagi daromadga soliq stavkasi 0 foizgacha pasaytirilgan. Shu sababli "Ridetech International B.V.''ning O‘zbekistondagi manbalardan olingan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Xususan, 2021-2022 yillarda "Ridetech International B.V.'' kompaniyasiga jami 1059,1 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida 135 ta agregator 5 foiz yoki 53 mlrd so‘m daromad olgan.
Ushbu korxonalar tomonidan 2021-2022 yillar davomida olingan daromadlardan jami 15,2 mlrd so‘m soliq, jumladan, 9,7 mlrd so‘m QQS, 1,6 mlrd so‘m foyda solig‘i va 3,9 mlrd so‘m JShODS to‘langan.
Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 81 mingdan ortiq haydovchilar “Yandeks.Taksi” xizmatiga ulangan. Shartnomaga ko‘ra, umumiy daromadning 84 foizi ushbu fuqarolarda qolmoqda. Xususan, 2021−2022 yillarda mazkur shaxslar 889,6 mlrd so‘m daromad olgan mablag‘ mavjud bo‘lgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2020 yil 8 iyunda qabul qilingan PQ-4742-son Qaroriga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 78 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin. Xususan, ushbu ro‘yxatga haydovchi o‘rindig‘idan tashqari to‘rttadan ortiq o‘rindiq mavjud bo‘lmagan yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish faoliyati ham kiritilgan.
Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga va yuqoridagi qarorning 1-bandiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxsning umumiy daromadiga kiritilmaydi.
Shu munosabat bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi fuqarolarning daromadlari to‘liq ularning ixtiyorida qolmoqda”, deyiladi Soliq qo‘mitasi izohida.
Yaqin kelajakda nima kutilmoqda?
Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, “Yandeks.Taksi” platformasini soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiyalash, xususan, fiskal belgili cheklarni avtomatik shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Nega monopol mavqega ega kompaniya O‘zbekistonda soliq to‘lamasligi kerak?”
Iqtisodchi Otabek Bakirovning “Yandeks.Taksi” O‘zbekiston yurisdiksiyasida soliq to‘lamayotgani bo‘yicha Soliq qo‘mitasining izohini “oqlov bayonoti” sifatida talqin etdi.
“Nega “Yandeks.Taksi” xizmatlari bo‘yicha agregator sifatida O‘zbekistonga kirganida, og‘ayni, daromadlar bo‘yicha soliqni O‘zbekistonda to‘laysan, buning uchun avval O‘zbekistonda yurisdiksiyasidan o‘tasan, bizning talabimiz shu, deyish mumkin emas edi? Buyam mayli, nega hozir shu talabni qo‘yish mumkin emas? Parlament kerak bo‘lsa, uch soatda 30 mlrd dollarlik budjetni tasdiqlab beryapti? Nega agregatorlik bo‘yicha O‘zbekistonda soliq yurisdiksiyasi bo‘lish talabini kiritish mumkin emas?
“Yandeks.Taksi” bilan bog‘liq keysda masala faqat O‘zbekistonda to‘lanmayotgan soliqlarda ham emas, masala yana prioriteti bo‘yicha “Yandeks” raqobatchilari O‘zbekistonga ongli ravishda kiritilmayotgani, “Yandeks” va uning hamkorlari ko‘rsatgan xizmati uchun fiskal chek bermasligi, plastik orqali va onlayn to‘lovdan voz kechishga, naqd pul talab qilish holatlari ham borki, bular bo‘yicha bir idora mas’uliyatni ikkinchisiga ag‘darishdan va ayrim vazirliklar o‘zining “Yandeks” oldida ojizligini ochiqchasiga ko‘rsatishdan to‘xtayotgani yo‘q”, deya ta’kidlagan Otabek Bakirov.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

11:53 / 09.07.2025
Rossiya dumasi chet elga turlar uchun soliq joriy qilmoqchi

17:58 / 08.07.2025
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi

23:50 / 02.07.2025