Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Kompaniya brauzerda ChatGPT’ga o‘xshash chatdan foydalanadi. Bu foydalanuvchilar boshqa saytlarga o‘tmasligi uchun mo‘ljallangan.

Foto: Reuters
OpenAI kompaniyasi yaqin haftalar ichida sun’iy intellekt bazasidagi veb-brauzerini ishga tushiradi, deb yozmoqda Reuters.
Qayd etilishicha, OpenAI brauzerining interfeysi shunday ishlanganki, amaliyotlarning bir qismi ChatGPT’ga o‘xshash chatda amalga oshiriladi va boshqa saytlarga murojaat qilishga hojat qolmaydi.
Chrome brauzeri Google biznesi uchun katta ahamiyatga ega, unga raqobatchi bo‘ladigan brauzerning ishga tushirilishi esa korporatsiyaga tahdid uyg‘otadi. Reutersʼga ko‘ra, Google o‘zining brauzeri orqali reklamani aniqroq targetlash uchun foydalanuvchilarga oid ma’lumotlarni ko‘proq to‘playdi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar avtomatik ravishda Google qidiruv tizimidan foydalanadi.
Manbalarning ta’kidlashicha, OpenAI brauzeri Chromium ochiq kodi asosida ishlab chiqilgan. Korporatsiyaning boshqa raoqbatchilari, masalan, Microsoft va Opera ham aynan shu koddan foydalanadi.
AQSh Adliya vazirligi Googleʼni bo‘lib yuborishga va monopoliyaga barham berish maqsadida Chrome brauzeri sotilishiga erishmoqchi. Kompaniya esa bunday harakat uning biznesiga ziyon yetkazishini ta’kidlamoqda. OpenAI agar bo‘linish amalga oshsa, Chrome’ni xarid qilishga qiziqish bildirgan.
Chrome — brauzerlar orasida dunyoda yetakchi, uning ulushi qariyb 64 foiz. Ikkinchi o‘rinda 22 foiz bilan Safari, uchinchi pog‘onada esa 5 foizli ko‘rsatkich bilan Edge boradi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
Mavzuga oid

22:55 / 28.07.2025
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumatga topshirilishi mumkin

21:08 / 20.06.2025
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin

17:40 / 24.05.2025
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV

18:13 / 06.05.2025