Soliq qo‘mitasi mart oyi uchun 57 mlrd so‘mdan ortiq keshbekni tasdiqladi

Iqtisodiyot 21:12 / 25.04.2024 2845

Mart oyida Soliq mobile ilovasi foydalanuvchilari tomonidan 86 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi, shundan 2,2 mlndan ortiq iste’molchiga 57,8 mlrd so‘m keshbek to‘lashga tasdiqlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib, qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi. 

Ta’kidlanishicha, mart oyida mobil ilovada 68,3 mln dona chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu 2023 yil mart oyiga nisbatan 23,3 milliontaga ko‘p. 

Qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilar bir oyda BHM 60 baravaridan (20,4 mln so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1 foiz keshbek olishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: