AQSh Kongressida Trampga impichment e’lon qilish masalasi ko‘tarildi
Vakillar palatasi a’zosi El Grin qonunchilik organi yig‘ilishida Donald Trampga nisbatan impichmentni muhokama qilish taklifini bildirdi. Bunga AQSh prezidentining G‘azo haqidagi gaplari sabab bo‘ldi.

Foto: CNN
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi El Grin prezident Donald Trampning impichmentini muhokama qilish masalasini ko‘tardi. Politico’ning yozishicha, siyosatchi bu haqda qonunchilik organi yig‘ilishida ma’lum qilgan.
«Prezident Trampga impichment e’lon qilish ustida ishlar allaqachon boshlangan. Shuni ma’lum qilamanki, men razil va qabih takliflari uchun unga qarshi impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritaman», — deydi kongressmen.
Grinning fikricha, Tramp yaqinda G‘azo sektori bo‘yicha bildirgan bayonoti uchun hokimiyatdan chetlatilishga loyiq.
Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muzokaralar davomida G‘azo sektori aholisini Misr va Iordaniyaga ko‘chirishni taklif qildi. «Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini nazorat qiladi, biz u bilan ishlaymiz. Biz unga egalik qilamiz va u yerdagi barcha xavfli portlamagan bombalar va boshqa qurollarni demontaj qilish uchun javobgar bo‘lamiz», — dedi Oq uy rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan birinchi prezidentlik muddatida ham impichment jarayonlari boshlangan edi. Birinchi impichment 2019 yil dekabrida e’lon qilingan. O‘shanda kongressmenlar Trampni hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongress o‘tkazgan tergovga to‘sqinlik qilishda ayblagan. Biroq Senat impichmentga qarshi ovoz bergan.
2021 yil yanvarda esa AQSh Senati Donald Trampni Kapitoliyga hujum uyushtirilishi tufayli boshlangan impichment jarayonida qoralash uchun zarur bo‘lgan ovozni yig‘a olmagandi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:43
-
Tramp neft narxi pasayishi Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasini yumshatishi haqida gapirdi. Moskva rad etdi
Jahon | 21:12
-
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi
O‘zbekiston | 20:45
-
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat | 20:42
Mavzuga oid

21:12
Tramp neft narxi pasayishi Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasini yumshatishi haqida gapirdi. Moskva rad etdi

15:58
«Qamoqxonalar qamoqxonasi». Tramp qayta tiklamoqchi bo‘lgan Alkatras haqida nimalar ma’lum?

15:55 / 05.05.2025
Tramp uchinchi muddat, tinchlik muzokaralari va savdo urushi oqibatlari haqida gapirdi

10:26 / 05.05.2025