O‘zbekiston | 09:20 / 18.02.2025
1106
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yili 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

O‘zbekistonda noqonuniy daraxt kesishga doir moratoriy joriy etilgunga qadar bo‘lgan davrga nisbatan bu kabi qonunbuzarliklar 60 foizga kamaygan. 

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Bosh prokuratura ta’kidlashicha, noqonuniy daraxt kesish holatlari butunlay yo‘qolgani yo‘q.

2025 yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha 848 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga jiddiy ziyon yetkazilgan. Har bir holatda aybdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq jazo choralari qo‘llangan.

Bunga misol tariqasida, 13 fevral kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri, «Zilol» MFY, Huqandiy mavzesidagi bir necha o‘n yillik chinor daraxtiga qasddan shikast yetkazilgani eslab o‘tilgan.

Mavzuga oid