O‘zbekiston | 09:13 / 14.02.2025
7392
1 daqiqa o‘qiladi

Bekobodda tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida noqonuniy qum qaziganlar 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi xabarida aytilishicha, Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Bekobod tumani “Farhod” MFY hududida navbatdagi ekologik nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum qazib olinayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan o‘rganish olib borilganda, tabiatga 100 milliard 627 million 800 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.   

Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Mavzuga oid