Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rheinmetall rahbari: Zavodlarimiz atrofida HHM tizimlari yo‘q
Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni rahbari Armin Papperger Rossiyaning qo‘poruvchilik tahdidi tufayli o‘z korxonalarida ko‘rilgan xavfsizlik choralari haqida gapirdi.

Foto: Sepp Spiegl/imago images/sepp spiegl/TASS
«Ehtimol, men investitsiyalarni ko‘paytirishda juda faol bo‘ldim va janob Putinga bu yoqmadi», deb hazil qildi Rheinmetall yirik harbiy-sanoat konserni direktorlar kengashi raisi Armin Papperger DW'ning unga nisbatan Kreml buyrug‘i bilan amalga oshirilgan suiqasdga urinish sabablari haqidagi savoliga javoban.
«Ammo, - deya qo‘shimcha qildi Papperger, - agar men yo‘q bo‘lganimda, konsernni shunchaki yangi odam boshqarar edi va hech narsa o‘zgarmas edi».
Rossiya diversiyalari tahdidi
Joriy yilning yanvar oyi oxirida NATO bosh kotibi yordamchisi o‘rinbosari Jyeyms Appaturay Rossiya Armin Pappergerni o‘ldirishni rejalashtirganini rasman tasdiqladi. Appaturayning aytishicha, AQSh va Germaniya razvedka xizmatlari tomonidan to‘xtatilgan bu fitna Rossiyaning Yevropa bo‘ylab mudofaa sanoati rahbarlarini o‘ldirish rejalarining bir qismi bo‘lgan.
Nemis razvedka idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya harbiy-sanoat kompleksi korxonalarining o‘zi ham xavf ostida. Germaniya Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi rahbari Tomas Xaldenvangning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «eng shafqatsiz vositalar bilan urush olib borishga tayyor va diversiyadan foydalanmoqchi». Federal jinoiy politsiya boshqarmasi, shuningdek, nemis kompaniyalarini Rossiya manfaatlari va uning buyrug‘i bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatlari haqida ogohlantirmoqda.
Germaniyaning 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini eng yirik va muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchi Rheinmetall Pappergerga suiqasddan oldin Ukrainada zirhli mashinalar zavodini ochayotganini e’lon qilgan va bu Kremlda «chuqur xavotir»ga sabab bo‘lgan, deydi razvedka ma’lumotlaridan xabardor manbalardan biri.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
-
Oziq-ovqatdagi me’yor: ortiqcha yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
Jamiyat | 20:52
Mavzuga oid

12:20 / 08.02.2025
Focus: Putin Rheinmetall bosh direktori Pappergerga sirtdan tahdid qilgan

08:21 / 31.01.2025
Ispaniyadagi Rheinmetall zavodida portlash: jabrlanganlar bor

23:17 / 28.01.2025
NATO Rossiya Rheinmetall kompaniyasi rahbariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganini tasdiqladi

15:40 / 16.10.2024