Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiya Rheinmetall kompaniyasi rahbariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganini tasdiqladi
Germaniya kompaniyasi Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradi. NATO vakilining aytishicha, Rossiya hukumati Yevropada qotillik jinoyatini amalga oshiradiganlarni internet orqali yollamoqda.

Foto: Getty Images
Rossiya Germaniyadagi Rheinmetall qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi rahbari Armin Pappergerni o‘ldirishni rejalashtirgan. Bu haqda NATO vakili Jyeyms Appaturay Yevropa parlamentining gibrid urush bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi Politico.
«Oxirgi ikki yilda biz NATO davlatlarida sabotaj holatlariga guvoh bo‘ldik. Bu bilan men poyezdlarning relsdan chiqishi, o‘t qo‘yishlar, siyosatchilar mulkiga hujum, soha yetakchilarini o‘ldirish maqsadida fitna, masalan, Rheinmetall rahbarini o‘ldirish rejasini nazarda tutmoqdaman, ammo boshqa fitnalar ham bo‘ldi», — deydi Appaturay.
Uning ta’kidlashicha, Pappergerni o‘ldirish maqsad qilingan fitnaga AQSh va Germaniya razvedkalari tomonidan chek qo‘yilgan. Amaldorning aytishicha, bu yagona reja bo‘lmagan — uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorni qator jinoyatlar seriyasi doirasida o‘ldirish rejalashtirilgan. NATO vakilining ma’lum qilishicha, Rossiya hukumati Yevropada qotillik jinoyatini amalga oshiradiganlarni internet orqali yollamoqda. Ko‘pincha «jinoiy guruhlar yoki biror narsaning farqiga bormaydigan yoshlar», shuningdek, migrantlar ijrochiga aylanmoqda, deya qo‘shimcha qiladi Appaturay.
2024 yil iyulda CNN telekanali AQSh razvedkasidagi manbasiga tayanib, Rossiya hukumati Rheinmetall rahbari Armin Pappergerga suiqasd tayyorlagani to‘g‘risida xabar bergandi. Vashington ushbu ma’lumotni Berlinga taqdim etishi orqali jinoyatning oldi olingan. Papperger Financial Times’ga bergan izohida fitna tafsilotlarini bilmasada, CNN ma’lumotiga ishonishiga shama qilgan. Kreml CNN’ning xabarini «feyk» deb atab, «bu kabi xabarlarga jiddiy qarab bo‘lmasligini» ta’kidlagan.
Rheinmetall konserni — dunyodagi eng yirik artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqaruvchilardan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin kompaniya zavodida Germaniya va YeIning boshqa davlatlari harbiy yordam paketlari doirasida Kiyevga taqdim etayotgan qurollar ishlab chiqarilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

14:57 / 19.07.2025
Rossiya rep ijrochi Face'ni qidiruvga berdi

12:41 / 19.07.2025
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi

11:44 / 19.07.2025