Abdulaziz Komilov Xorvatiya rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorvatiya bosh vaziriga 2025 yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelish bo‘yicha taklifi yetkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi shu yilning 22-24 oktyabr kunlari tashrif bilan Xorvatiyada bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va siyosiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrifning muhim voqealaridan biri Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan muzokaralar bo‘ldi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida turli yo‘nalishlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, transport va infratuzilma, energetika, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xorvatiya hukumati rahbari O‘zbekiston prezidentining ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish borasidagi tashabbuslarini yuqori baholadi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorvatiya Bosh vaziriga 2025 yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelish bo‘yicha taklifi yetkazildi.
Shuningdek, tashrif doirasida, Xorvatiya bosh vaziri o‘rinbosari, dengizchilik, transport va infratuzilma vaziri Oleg Butkovich, Xorvatiya Tashqi ishlar hamda Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirliklari rahbariyati bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid

11:11 / 07.02.2025
“Tegirmondan butun chiqqan” odam – dunyodagi eng omadli inson haqidagi hikoyalar yolg‘onmi?

19:21 / 19.01.2025
Xorvatiya bosh vaziri o‘rinbosari to‘pponchadan o‘q uzgan videosi sabab iste’foga chiqdi

13:45 / 13.01.2025
Xorvatiyadagi saylovlarda amaldagi prezident g‘alaba qozondi

12:32 / 11.01.2025