Xorvatiya bosh vaziri o‘rinbosari to‘pponchadan o‘q uzgan videosi sabab iste’foga chiqdi

Jahon 19:26 1854

Xorvatiya bosh vaziri o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi vaziri Yosip Dabro harakatlanayotgan to‘pponchadan o‘q uzgani tasvirlangan video tarqalib ketgani uchun iste’foga chiqdi, deb xabar beradi DW.

«Shaxsiy hayotim hukumat va vazirlikni o‘zining ustuvor vazifalaridan chalg‘itmasligi yoki zarur islohotlarni kechiktirmasligi kerak», — deb yozadi u Facebookʼdagi sahifasiga.

Jutarnji List nashri e’lon qilgan videoda 42 yoshli Dabro tunda baland yangrayotgan musiqa ostida mashinaning yo‘lovchi o‘rindig‘idan o‘q uzgani tasvirlangan. U mazkur ishni aholi punktidan uzoq joyda amalga oshirgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Jutarnji.hr (@jutarnji.hr)

Siyosatchining aytishicha, video bir necha yil oldin tasvirga olingan va u paxtavon patronlardan foydalangan. Xorvatiya hukumati Dabroning ushbu harakatini «nomaqbul va mas’uliyatsizlik» deb atadi. Uning partiyasi yetakchisi Ivan Penava hukmron koalitsiya «barqarorligicha» qolishini ma’lum qildi. Sobiq vazir iste’fosi to‘g‘risidagi arizasida ham hukumatni o‘z faoliyatini davom ettirishga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: