Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladislav Davankov: Hech qanday ta’sir, bosim va provokatsiyalar yo‘q, xalq o‘z ovozini erkin bermoqda

Foto: O‘zA
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Saylov jarayonini xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita kuzatib bormoqda.
O‘zA muxbiri saylovni kuzatib borayotgan Rossiya jamoat va siyosiy arbobi, tadbirkor, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasi raisining o‘rinbosari Vladislav Davankov bilan suhbatlashdi.
– Rossiyadan deputatlar katta guruhi bilan O‘zbekistondagi saylov jarayonlarini kuzatishga saylov kunidan sal oldinroq kelganmiz, – dedi V.Davankov. – Chunki saylovga tayyorgarlik jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdik. E’tirof etish kerakki, saylovga yuqori darajada, sifatli tayyorgarlik ko‘rilgan. Buni Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi saylov uchastkalarini ko‘rib, bevosita guvoh bo‘ldik.
Saylov kuni esa Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonni kuzatib boryapmiz. Ertalabdan beri 6 ta uchastkaga bordik. Aholi saylovda faol ishtirok etmoqda. Birorta qonunbuzarlik holatiga ko‘zimiz tushmadi. Saylovchilar oila a’zolari bilan birga kelib, ovoz bermoqda.
Ikkita saylov uchastkasida elektron ovoz bergan yoshlarni uchratdik. Ular zamon bilan hamnafasligi, yangilikka intilishi ko‘rinib turibdi. Bu juda yaxshi tajriba. Aytib o‘tishim kerakki, nomzodlarning qirq foizi xotin-qizlardan iborat ekani ijobiy ko‘rsatkich. Ayollar har jabhada, siyosatda ham faollik ko‘rsatishadi.
Bugun bo‘lib o‘tayotgan saylov demokratik talablarga to‘la javob beradi. Chunki, hech qanday ta’sir, bosim va provakatsiyalar yo‘q. Xalq o‘z ovozini erkin bermoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
Jamiyat | 09:07
-
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda
Jahon | 08:58
-
Bokuda O‘zbekiston va Ozarboyjon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 08:21
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025