Gretsiyada yangi prezident saylandi

Jahon 02:27 827

Gretsiya parlamenti hukmron «Yangi demokratiya» konservativ partiyasi nomzodi, sobiq parlament spikeri Konstantinos Tasulasni prezident etib sayladi.

Tasulasning saylanishi amaldagi prezident Katerina Sakellaropuluning vakolat muddati 2025 yil 13 martda tugashi munosabati bilan parlamentda o‘tkazilgan to‘rtinchi ovoz berish jarayoni bo‘ldi. Bo‘lajak prezident 160 ta ovoz to‘pladi. Ovoz berish jarayonida parlamentning 300 nafar a’zosidan 276 kishi ishtirok etdi. Nomzodning saylanishi uchun shunchaki ko‘pchilikning ovozi (151 parlamentariyning) talab etilardi.

Parlamentdagi 300 o‘rindan 156 tasini hukmron «Yangi demokratiya» partiyasi deputatlari egallagan.

Bundan tashqari, prezidentlikka nomzod Tasos Yannitsis — 34 ovoz, Luka Katseli — 29 ovoz, Kostas Kiriaku esa 14 ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Inauguratsiya marosimi 13 martga — amaldagi prezident Katerina Sakellaropulu vakolati tugaydigan sanaga rejalashtirilgan.

Gretsiyada prezident umumiy ovoz berish orqali emas, balki parlament tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: