Ramzan Qodirovning o‘g‘li chechenlarni pop-MMA musobaqalarida ishtirok etmaslikka chaqirdi
Respublika sport va jismoniy madaniyat vaziri Axmat Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, bunday musobaqalar Checheniston an’analari va madaniyatiga zid, unda ishtirok etadiganlar esa «butun chechen xalqini sharmanda qilmoqda».

Foto: TASS
Checheniston yetakchisi Ramzon Qodirovning o‘g‘li, respublika sport va jismoniy madaniyat vaziri Axmat chechenlarni pop-MMA turnirlarida ishtirok etishdan bosh tortishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday musobaqalar Checheniston an’analari va madaniyatiga zid, unda ishtirok etadiganlar esa «butun chechen xalqini sharmanda qilmoqda».
«Bu so‘nggi ogohlantirish. Pop-MMAdagi faoliyatingizni to‘xtating, chunki u bizning an’ana va qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Aks holda qat’iy choralar ko‘riladi. Biz boshqa bunday xatti-harakatlarga toqat qila olmaymiz», — deb yozadi Axmat Qodirov o‘zining Telegram kanaliga.
O‘z navbatida u pop-MMAda ishtirok etadigan chechenlarni respublika an’analari va madaniyatiga mos keladigan musobaqalarga e’tibor qaratishga chaqirdi. «Mintaqada va undan tashqarida an’analarimizni qayta tiklash hamda o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy tarbiyalash borasida ulkan ishlar qilinmoqda. Sizlar esa bu boradagi sa’y-harakatlarni xavf ostiga qo‘ymoqdasiz», — deydi Checheniston sport vaziri.
Pop-MMA — professional bo‘lmaganlar o‘rtasidagi aralash jang turi. Qoidaga ko‘ra, bu kabi janglarda artistlar, blogerlar ishtirok etadi. 2022 yilda Grozniyda chechen hukumatining pop-MMAda ishtirok etuvchi blogerlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvda o‘sha paytda Checheniston sport vaziri lavozimini egallab kelgan Valid Edilov an’analar va axloqdan chetga chiqilishini qabul qilib bo‘lmasligini aytgandi.
Avvalroq Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov RF sub’yektlari orasida xavfsizlik xizmatining eng yosh boshlig‘i sifatida Rossiya Rekordlar kitobiga kiritilgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

20:30 / 10.03.2025
Checheniston rasmiylari Telegramʼni blokdan chiqarishga chaqirdi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

22:44 / 27.02.2025
Ramzan Qodirovning qizi Checheniston bosh vaziri o‘rinbosarligidan ketdi

15:52 / 01.01.2025