Orenburg oblastida Ural daryosida suv sathi ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari davom etmoqda. Mahalliy rasmiylar 12 aprel kuni Orenburgning ayrim rayonlarida aholi yoppasiga evakuatsiya qilinishini e’lon qildi. Shu kuni tongdagi ma’lumotlarga ko‘ra, aholisi yarim million kishidan oshadigan shaharda 4963 ta tomorqa va 2687 ta uy suv ostida qolgan, so‘nggi bir kunning o‘zida 995 ta uchastka va 361 ta uyni suv bosgan. Quyida Orenburg va uning atrofidagi hududlar bugungi kunda qanday ko‘rinishda ekani aks etgan suratlar.
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25619
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34530