Zahar ichidagi shahar – Kun.uz tanqididan so‘ng vaziyatni viloyat hokimi joyiga borib o‘rgandi
Kun.uz so‘nggi kunlarda Navoiy shahri havosining ifloslik darajasi ortib ketgani va bu shahar aholisining e’tirozlariga sabab bo‘layotgani haqida material e’lon qilgandi. Ekologlar bunga shahar chetidagi ohak ishlab chiqarish sexlari ko‘mirga o‘tkazilgani sabab bo‘lganini ta’kidlashgan. Tahririyat surishtiruvidan so‘ng Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning o‘zi vaziyatni joyiga borib o‘rgandi.

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
Oldinroq Kun.uz so‘nggi vaqtlarda har tong Navoiy shahrini tutun qoplab olayotgani va bu fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘layotgani haqida ma’lum qilgandi. O‘rganish jarayonida ekologlar bunga asosiy sabab shahar chetidagi ohak ishlab chiqarish sexlari ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanayotgani, buning oqibatida atmosfera havosiga tashlanuvchi ifloslantiruvchi moddalarning barcha konsentratsiyalari belgilangan me’yor darajasidan bir necha baravar yuqori bo‘layotganini ta’kidlashgan edi.
Holat yuzasidan Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganish ishlari olib borilgani hamda jarayonda Navoiy shahri va Karmana tumani hududlarida bir nechta ohak ishlab chiqarish sexlari noqonuniy faoliyat olib borayotgani aniqlanganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Navoiy shahrining atmosfera havosida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida hududdagi ohak ishlab chiqarish sexlari faoliyati viloyat hokimi Normat Tursunov hamda boshqa sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish davomida ohak ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga atmosferaga chiqarilayotgan chiqindi miqdorini kamaytiruvi filtrlar o‘rnatgandan so‘ng faoliyat olib borish tavsiya qilingan. Shuningdek, viloyat rahbari tomonidan Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilish orqali tegishli boshqarmalar va tashkilotlar ishtirokida ishchi guruh tuzib, ohak pishirish sexlari faoliyatining qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Mavzuga oid

20:20 / 05.02.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan ko‘mir import qilishni boshlaydi

12:43 / 05.02.2025
OAV: Yanukovichning o‘g‘li bosib olingan yerlardan olingan ko‘mir savdosi bilan shug‘ullanyapti

07:37 / 24.12.2024
Aholini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi

21:54 / 23.12.2024