Qashqadaryo viloyatida ko‘mir ta’minoti uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Muborak tumanida “B.F.” MChJ rahbari A.E. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, DXSh bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning 514,8 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.