O‘zbekiston Afg‘onistondan ko‘mir import qilishni boshlaydi

O‘zbekiston 20:23 3136

O‘zbekiston savdo balansi uchun Afg‘onistondan ko‘mir import qiladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi «Tolibon» Sanoat va savdo vazirligi vakillari bilan Kobulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakat afg‘on ko‘mirini import qilishga tayyorligini bildirgan. Ikki mamlakat xususiy kompaniyalari 4,5 million dollarlik savdo shartnomalarini imzolagan.

«Tomonlar savdo imtiyozlari masalalarini, Afg‘onistonning Samangan viloyatida sement zavod qurish va birgalikda ko‘rgazmalar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi», — deyiladi xabarda.

2025 yil may oyida transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga tashrif buyurib, tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mottakiy bilan muzokaralar o‘tkazgandi. O‘shanda yaqin orada Kobulga 1 million tonnadan ortiq ko‘mir sotib olish uchun texnik guruh kelishi ta’kidlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning dekabr oyi boshlarida metallurgiya korxonalarining transformatsiya dasturlari hamda 2025 yilgi rejalari bilan tanishgandi. Yig‘ilishda 2025 yilda tog‘-kon va geologiya sohasidagi loyihalarga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilayotgani, kaolin ishlab chiqarishni 50 foiz oshirish, ko‘mir qazib olishni 10 million tonnaga yetkazish mo‘ljallanayotgani aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: