724 km - Chevrolet Silverado elektropikapi kutilganidan ko‘proq masofa bosib o‘ta olishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Chevy
Chevrolet o‘zining Silverado elektropikapi to‘la quvvat bilan kutilganidan ko‘proq masofa bosib o‘tishini tasdiqladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) ma’lumotlariga ko‘ra, pikapning Work Truck komplektatsiyasi to‘la quvvat bilan 724 km masofani bosib o‘ta oladi.
Avvalroq Chevrolet Silverado Work Truck’ning 643 km masofa bosib o‘tishi mumkinligi aytilgandi. Kompaniya vakili buning shaxsiy hisob-kitob, kutilmalardan kelib chiqib aytilganini, real natijalar esa amalda yaxshiroq bo‘lib chiqqani bilan tushuntirgan.
Silverado WT 2023 yil yozidan sotuvga chiqadi. To‘rtala g‘ildirak ham tortish kuchiga ega, dvigatel esa 510 ot kuchini beradi. Tezkor quvvatlash imkoniyati mavjud. 10 daqiqada 160 km masofaga yetadigan quvvatga ega bo‘lish mumkin.
Modelning narxi borasida hozircha rasmiy ma’lumot taqdim etilgani yo‘q.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrdan uzilayotgan G‘azo, Trampning Rossiyaga chaqirig‘i va «Boj urushi»da chekinmayotgan Xitoy - kun dayjesti
Jahon | 14:26
-
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi
Jahon | 13:58
-
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida yana bir muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 13:49
-
Istanbul sobiq meri Imomo‘g‘li prokurorga tahdid qilgani uchun sudlanmoqda
Jahon | 13:32
Mavzuga oid

00:05 / 22.01.2019
AQShda Lego donalaridan Chevrolet Silverado pikapining aniq nusxasi yasaldi (video)

15:27 / 05.08.2017