GM rul boshqaruvidagi muammolar sabab 800 ming avtomobilini qaytarib oladi

Foto: chevrolet.ca
Amerikaning yirik avtomobilsozlik konserni General Motors (GM) butun dunyo bo‘ylab 800 ming atrofidagi Chevrolet Silverado 1500 va GMC Sierra 1500 avtomobillarini qaytarib olmoqda. Bunga rul boshqaruvidagi nuqsonlar sabab qilib ko‘rsatilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, ushbu avtomobillar rulidagi elektrkuchaytirgich ko‘p hollarda past tezlikda harakatlanayotganda vaqtincha ishdan chiqadi. Agar shunday holat ro‘y bersa, haydovchi avtomobil nazoratini yo‘qotishi mumkin.
Bu chaqiruv 2014 yilda ishlab chiqilgan modellarga tegishli. Mashinalarning katta qismi AQShda sotilgan. Ammo, 100 mingga yaqin avtomobil boshqa bozorlarga yetkazib berilgan.
GM dunyoning 30 davlatida yengil va yuk mashinalari ishlab chiqaradi. Kontsern bosh qarorgohi Amerikaning Michigan shtati Detroyt shahrida joylashgan. Unda 225 ming kishi ishlaydi.
Mavzuga oid

18:59 / 10.05.2024
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi

13:53 / 22.05.2023
724 km - Chevrolet Silverado elektropikapi kutilganidan ko‘proq masofa bosib o‘ta olishi ma’lum bo‘ldi

17:13 / 07.02.2022
General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi

18:15 / 18.11.2021