Toshkentning ikki tumanida metro qurilishi sababli suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanidagi ayrim hududlar metro qurilishi sababli 13 fevral kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha vaqtincha suv ta’minotidan uziladi.

Foto: Shutterstock
O‘zA xabariga ko‘ra, suv ta’minotidagi uzilishga Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab THAYdan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yerusti metrosi qurilishi jarayonida tarmoqlarning ko‘chirib o‘tilishi sabab bo‘lgan.
Sergeli hamda Yangihayot tumanidagi yirik sanoat korxonalari, ijtimoiy soha obektlari, maktabgacha ta’lim va maktab ta’lim muassasalarida hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sergeli tumani bo‘yicha: Daryo bo‘yi, Fayzli, Jaloir, Qipchoq, So‘g‘diyona, Sofdil, O‘zgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Yangi Sergeli, Ezgulik, Madadkor, Ziynat, Ittifoq, Nilufar, Bunyodobod mahallalarida, yirik sanoat korxonalarida, jumladan, Rersi zavodi, «Mo‘tabar» un zavodi, G‘isht zavodi, Keramika zavodi, Bojxona ombori, OBD qozonxonasida, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’lim muassasalarida hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida suv vaqtincha o‘chiriladi.
Yangihayot tumani bo‘yicha: Qipchoq, Yo‘ldosh, Al-Farg‘oniy, Viqor, Olchazor, Do‘stlik, Chortoq, Charog‘on, Toshkent, Ibrat, Iqbol, Humo, Yangi Umid, Yorqin hayot, Marhamat mahallalarida suv vaqtincha o‘chiriladi.
Xizmat ko‘rsatish hamda ijtimoiy soha obektlari, jumladan: 37-sonli poliklinika, 1-sonli tug‘ruq kompleksi, Teri-tanosil shifoxonasi, Yangihayot tumani hokimligi binosi, non ishlab chiqarish korxonasi, 12-sonli avtobus saroyi, ko‘tarma nasos stansiyasi, «Grin-park» bog‘i, «Evrika» bolalar bog‘chasi, metall zavodida ham suv vaqtincha o‘chadi.
Qayd etilishicha, ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi
Jahon | 14:55
-
Yo‘l harakati qoidalari yangi ogohlantiruvchi va qo‘shimcha axborot belgilari bilan to‘ldiriladi
O‘zbekiston | 14:51
-
Misrdan uzilayotgan G‘azo, Trampning Rossiyaga chaqirig‘i va «Boj urushi»da chekinmayotgan Xitoy - kun dayjesti
Jahon | 14:26
-
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

10:06 / 04.04.2025