Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi
Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Videodan kadr
7 aprel kuni soat 14:31 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Quruvchilar dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Boshqarma yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligini ta’kidlagan edi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, xonadondan 2 nafar yigit pichoqlangan holatda topilgan.
Gumonlanuvchi yigit Sergeli tumanidagi tanishining uyiga mehmonga kelgan. Kutilmaganda ular o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yigit oshxonadagi pichoq bilan ikki nafar yigitga tan jarohati yetkazgan. Yigitlar shifoxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yigitlar jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan va ularning hayoti saqlab qolingan. Ulardan biri besh marotaba, yana biri esa 7 marotaba pichoqlangani aytilgan.
Gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan. U uyni jinoyat sodir etgach yoqib yuborgani aytilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini, gumonlanuvchi esa qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
PPX to‘lovli asosda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi
Jamiyat | 11:47
-
Toshkent viloyatida Latviyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 11:42
-
Tramp YeI uchun yangi bojlar kuchga kirganini e’lon qildi
Jahon | 11:33
-
NATO Kiyevga qurollar yetkazishni muvofiqlashtirishni boshladi
Jahon | 11:25
Mavzuga oid

10:42 / 06.08.2025
Gulistondagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

14:47 / 05.08.2025
Nukus ko‘chasida "Spark" avtomobili yonib ketdi

14:29 / 05.08.2025
Sirdaryoda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi

10:23 / 04.08.2025